Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lemmi X ijtimoiy tarmoği orqali bayonot e’lon qildi va Isroilning yaqinda majburan köçirilgan falastinliklar boşpanasiga uyuştirgan hamda kamida 100 kişi, jumladan ayollar va bolalar halok bölgan voqeani qoraladi.

Biroq, Britaniya diplomatik xizmati rahbarining posti foydalanuvçilar tanqidiga sabab böldi. Ular vazirga Londonning Isroil davom etayotgan vahşiyliklarida ham diplomatik yaşirin yöl bilan, ham qurol yetkazib beriş orqali iştirok etganini eslatişdi. 

Xuddi şunday reaksiyaga boş vazir Kir Starmerning Britaniya, Fransiya va Germaniyaning Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralarni qöllab-quvvatlovçi qöşma bayonotini e’lon qilişi sabab böldi. 

Britaniya Isroilga asosiy qurol yetkazib beruvçi bölib qolmoqda. Britaniya mudofaa sanoatining bu mamlakatga eksporti sönggi bir neça yil içida yuzlab million dollarni taşkil etdi. 

Isroilning Ğazo sektorida 40 mingga yaqin falastinlik ölimiga sabab bölgan va 92 mingdan ortiq kişi jarohat olgan agressiyasi boşlanganidan beri Britaniya hukumati Isroilga qurol sotişni töxtatiş böyiça mamlakatda katta jamoatçilik bosimiga duç keldi. Kanada, Belgiya, Niderlandiya, Ispaniya va Yaponiya kabi davlatlar ham xuddi şunday qadam taşlagan. 

Rişi Sunak boşçiligidagi konservativ hukumat bu talablarga unçalik ahamiyat bermadi. Hokimiyatga kelgan Starmer va leyboristlar bu masala böyiça ularning pozitsiyasi boşqaça bölişi mumkinligini aniq körsatdilar. 

Yaqinda Britaniya ommaviy axborot vositalarida leyboristlar hukumati Isroilga qurol yetkazib berişga yaşirin embargo joriy etgani haqida ma’lumot paydo böldi. Biroq vazirlar mahkamasi vakili bu da’voni rad etdi. Uning ta’kidlaşiça, hukumatning Isroilga yetkazib beriş uçun eksport litsenziyalari böyiça pozitsiyasida «heç qanday özgarişlar bölmagan».

Bahs va aralaş signallar fonida inson huquqlari taşkilotlari va huquqşunos olimlar Britaniya hukumatidan öz pozitsiyasini aniqlaştirişni talab qilmoqda. Ta’kidlanişiça, rasmiy London xatti-harakatlari uning öt oçişni töxtatişni qöllab-quvvatlovçi bayonotlariga zid keladi va Isroil uruşiga şeriklikda ayblaş uçun asos yaratadi. 

«Britaniya hukumati Isroilni xalqaro huquqni hurmat qilişga çaqiruvçi quruq bayonotlar berişda davom etmoqda», dedi Falastinliklar uçun xalqaro adolat markazi (ICJP) huquqşunosi Zaki Sarraf «Anadolu» agentligiga. 

Uning sözlariga köra, Isroilga zudlik bilan qurol-yaroğ embargosi joriy etişdan boş tortiş «Britaniya öz ittifoqçisi tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlarga yordam berişdan afsuslanmaydi» degan ma’noni anglatadi.