«Hizbulloh» harakati yetakçisi Hasan Nasrullohning Isroil Mudofaa armiyasi (TSAHAL) tomonidan sentabr oyi oxirida yöq qilinişi Isroilning Livan jangarilariga qarşi kuraşida «yutuq toji»ga aylandi va harakatning özini mağlub bölgan deb hisoblaş mumkin. Bu haqda 10 noyabr, yakşanba kuni Isroilning yangi mudofaa vaziri Israel Kats avvalroq özi rahbarlik qilgan mamlakat Taşqi işlar vazirligida bölib ötgan tadbirda sözlagan nutqida ma’lum qildi.

«Bizning vazifamiz bu ğalabaning mevasini oliş uçun bosimni davom ettirişdir», — deya vazirning sözlarini keltiradi Reuters. Katsga köra, Isroil Livanning içki siyosatiga aralaşişdan manfaatdor emas, çunki u «saboq oldi». Vazir öz bayonotining ma’nosini izohlamadi, biroq bu 2006 yil voqealariga işora bölişi mumkin – öşanda Livan janubida «Hizbulloh»ga qarşi TSAHAL harbiy amaliyoti mintaqada uzoq davom etgan harbiy harakatlarga olib kelgan. Isroilda bu voqealar Ikkinçi Livan uruşi deb ataladi.

Kats öz nutqida, boşqa narsalar qatorida, xalqaro koalitsiya «Hizbulloh»ning sezilarli darajada zaiflaşuvi bilan boğliq vaziyatdan siyosiy maqsadlarda foydalanişiga va Livan janubiy qöşnisi bilan munosabatlarni normallaştirişda boşqa mamlakatlarga qöşilişiga umid bildirdi.

Bayrut Isroilni tinç aholi ölimida aybladi

Biroq Livan Soğliqni saqlaş vazirligining 10 noyabr kuni ma’lum qilişiça, birgina şu kunning özida Isroilning mamlakatning turli hududlarida davom etayotgan havo hujumlari natijasida kamida 38 nafar tinç aholi halok bölgan.

Gap faqat Livan janubi haqida ketmayapti – kamida 23 kişi, jumladan yetti nafar voyaga yetmagan şaxs Bayrut şimolida Alamat qişloğidagi turar joy binosiga TSAHAL aviatsiyasining zarbasi qurboni böldi. Livan Soğliqni saqlaş vazirligining ta’kidlaşiça, bular mamlakat janubidagi janglardan qoçgan oilalar edi.

Isroil harbiylari havo hujumini tasdiqladi. Biroq TSAHAL hujum nişoni şahardagi «Hizbulloh»ning qurol-yaroğ omborlari bölganini, tinç aholi orasida qurbonlarga yöl qöymaslik uçun zarbadan oldin havodan razvedka olib borilganini ma’lum qildi.

TSAHAL «Hizbulloh» yetakçisi va uning vorislaridan kamida bir nafarini öldirdi

TSAHALning «Hizbulloh»ga qarşi faol jangovar operatsiyalari sentabr oyining oxiridan beri kuzatilmoqda. Ulardan oldin sentabr oyi örtalarida jangçilarning peyjyerlarini ommaviy ravişda portlatiş operatsiyasi ötkazilgan edi. Ommaviy axborot vositalari operatsiya uyuştirilganini Isroil razvedka xizmatlari bilan boğladi, ammo Isroil buni tasdiqlamadi.