Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda uchta avtomobil va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Chilonzor tumanida Cobalt, Monza, skuter va Spark o‘zaro to‘qnashdi.
Joriy yilning 14 avgust kuni soat 23:40 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan O.T. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasi, haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan Sh.Y. boshqaruvidagi Monza rusumli avtomashinasi, haydovchi, 2005 yilda tug‘ilgan U.M. boshqaruvidagi mototransport (skuter) vositasi, haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan M.N. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinalar to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026