Rossiya TIV sanksiyalar yana o‘nlab yillar amalda bo‘lishidan ogohlantirdi
2014 yildan beri g‘arb davlatlari 20 mingdan ortiq Rossiya kompaniyalari va jismoniy shaxslarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.
Qrim anneksiyasi va Ukrainaga bosqindan keyin Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar yana uzoq muddat o‘z kuchida qoladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Biricheskiy ma’lum qildi.
«Bu holat o‘nlab yillar davom etadi. Ukrainadagi inqirozni hal qilish jarayoni va natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar», — deydi diplomat. Birichevskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urush shunchaki «bahona» bo‘lgan, sanksiyalar maqsadi — «adolatsiz raqobat».
«Ular yangi sanksiyalarni, yangi cheklovlarni joriy etmoqda. Bu spiral davom etyapti. Va bu to‘xtamaydi — men bundan umid qilmagan bo‘lardim», — deya ta’kidlaydi u.
2014 yildan beri g‘arb davlatlari 20 mingdan ortiq Rossiya kompaniyalari va jismoniy shaxslarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Natijada RF cheklovlar bo‘yicha dunyoda rekordchiga aylandi — Eron va KXDRdan ham oldinda. Birichevskiyning aytishicha, Moskva ushbu davlatlar bilan muntazam tarjiba almashib, undan sanksiyalarga qarshi harakatda foydalanmoqda.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, maqsad «sanksiyalarga qarshi ittifoq»ni tuzish, biroq cheklovlarga tushmagan davlatlar unga qo‘shilishga shoshilmayapti. «Sizlarni qo‘llab-quvvatlaymiz, sizlar bilan ishlaymiz», deb minbardan turib gapirish boshqa masala, sanksiyalar ostida bo‘lganlar bilan bir qatorda bo‘lish esa boshqa», — deydi Birichevskiy.
Birichevskiyning qo‘shimcha qilishicha, sanoat va bank tizimi uchun sanksiyalar qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ular Rossiyani «iqtisodiyot tuzilmasini qayta qurishga» majburlamoqda. «Biz 90 yillar boshida neft, gazimiz bor, qolgan barcha narsani xorijdan sotib olamiz deb hisoblardik. Endi esa sotib ololmaymiz», — deya qayd etadi amaldor.
Mavzuga oid
20:06 / 14.08.2024
Putinga «yaqin» milliarder Shveytsariya banklaridan yuz millionlab dollar olib chiqib ketishga uringani ma’lum bo‘ldi
21:34 / 31.07.2024
Rossiyada migrantlarga tibbiyot, ta’lim va kuriyerlik sohasida ishlash taqiqlanishi mumkin
20:11 / 18.07.2024
Rossiyaning yana bir hududida migrantlarga taksi, umumiy ovqatlanish va savdo sohasida ishlash taqiqlandi
16:19 / 10.01.2024