Eron hukumati WhatsApp messenjeri va Google Play ilovalar dökonini blokdan çiqarişga qaror qildi. Bu haqda IRNA davlat agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, mazkur qaror axborot xavfsizligi böyiça Oliy kengaşda köpçilik ovoz bilan ma’qullangan. Bloomberğning yozişiça, 2024 yil iyulda Eron prezidentiga aylangan Mas’ud Pizişkiyon özining saylovoldi kampaniyasida internet-senzurani susaytirişga va’da bergan.
Eronda 2022 yil kuzda Mahsa Aminiy vafotidan keyin boşlangan norozilik namoyişlari sabab WhatsApp, Google Play, şuningdek, Instagram bloklangan edi. 22 yoşli kurd qiz Mahsa Aminiy 2022 yil 16 sentabrda boş kiyimni notöğri öraşda ayblanib, axloq politsiyasi tomonidan qölga olinganidan söng vafot etgan. Mamlakatda Facebook, X (Twitter) va YouTube 2009 yildayoq bloklangan edi. Şuningdek, Eronda TikTok hamda Telegram ham bloklangan.
Bloomberğning hisoblaşiça, Eron hukumati mamlakat Ğazoda HAMASni, Livanda esa «Hizbulloh»ni qöllab-quvvatlagani bois Isroil bilan mojarolar domida qolgani tufayli aholining noroziligi ortib borayotgani fonida çeklovlarning bir qismini olib taşlaşga qaror qilgan.












