Içki bozorda teng raqobat muhitini yaratiş, taşqi bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş prezidentning tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida kötarilgan uçinçi yönaliş böldi.

Avvalo, Özbekistonning yetti oylik eksporti 13 foizga ösib, 10 milliard dollardan oşdi, avval eksport qilmagan 1 ming 610 ta korxona taşqi bozorlarga çiqqani ta’kidlandi.

Davlat rahbari Jahon savdo taşkilotiga 2026 yilda a’zo böliş böyiça katta qadamlar qöyilganini aytdi.

«Uşbu taşkilotga kiriş – çuqur öylangan va uzoqni közlagan tanlov, qolaversa, islohotlarimizning ajralmas bir qismi. Lekin ayrimlar bunga şubha bilan qarayapti, boşqalar “korxonalar sinadi, import bosib ketadi” degan xavotir bilan yuribdi.

Bir narsani tuşuniş zarur, import bojlari işlaydi. Şuning uçun, taşkilot a’zolari bilan muzokaralar ötkazyapmiz.

Ertangi kunimiz – bu teng raqobat muhiti va eksportga qaratilgan sanoat va savdo siyosati. Iqtisodiyotimizga oldinlari proteksiya qaysidir ma’noda kerak edi. Yana şu yölda davom etsak, imkoniyatlarimiz çeklanib qoladi. Çunki, xalqaro işlab çiqariş zanjirlariga kirmasak, iqtisodiy ösiş biz kutgandek bölmaydi», – dedi davlat rahbari.

Prezident Jahon savdo taşkilotiga a’zolik xalqaro tranzit yuk taşişda ortiqça tölov yoki çeklovlardan xalos qilişini qayd etdi.

«Albatta, bu – raqobatdoş bölişimizga yana bir turtki beradi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Umuman, mahsulot va xizmatlar sifatini oşiriş, taşqi bozorlarda munosib örin topiş uçun xalqaro standartlarga ötiş kerakligi ta’kidlandi.

«Masalan, pestitsidlar nazorati yölga qöyilmas ekan, qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportini 2030 yilgaça 10 milliard dollarga yetkaziş böyiça belgilagan marralarga erişib bölmaydi. Yetiştirayotgan mahsulotlarimiz bozorini topolmasdan nobud bölaveradi», – dedi Mirziyoyev.

Şu bois, bu yil oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi böyiça katta özgarişlar rejalaştirilgan. Bu orqali karantin, veterinariya, sanepidemnazorat va standart taşkilotlarining takrorlovçi vakolatlari qisqaradi, tadbirkorlarni qayta-qayta tekşirişga çek qöyiladi.