Prezidentning JST böyiça maxsus vakili Azizbek Urunovning ma’lum qilişiça, taşkilotga a’zo böliş böyiça Xitoy bilan ikki tomonlama muzokaralar ijobiy yakunlangan.

«Pekin şahriga juda qisqa, biroq samarali taşrif böldi. Xitoy Xalq Respublikasi bilan ikki tomonlama muzokaralar nixoyasiga yetdi. Fursatdan foydalanib XXR Tijorat vazirligi, vazir örinbosari Li Fey, departament direktori Li Defeng janoblari va butun jamoaga konstruktiv muloqot uçun çuqur minnatdorçilik bildiramiz.

Yil yakuni Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zoligi böyiça juda mazmunli bölmoqda. Ikkita eng yirik global savdo egalari - Amerika va Xitoy bilan muzokaralar yakunlandi. 22 ta mamlakat bilan muzokaralar tugadi, köp qolmadi!» deya yozdi Urunov özining LinkedIn’dagi sahifasida.

Avvalroq, AQŞ Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişini qöllab-quvvatlagani xabar qilingandi.

Özbekistonning JSTga a’zo böliş sari qadamlari

Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoni 2005 yilda töxtab qolgan, 2020 yil iyul oyiga kelib jarayon işçi guruhning 4-uçraşuvi bilan rasman qayta boşlangan edi. Undan keyin 2022 yil iyun, 2023 yil mart va 2023 yil noyabr oylarida, şuningdek, 2024 yil may oyida işçi guruh yiğilişlari bölib ötdi. Şu bilan jami Özbekiston taşkilotga a’zo böliş böyiça 8 ta yiğiliş ötkazdi.

May oyidagi yiğilişda Özbekiston ilk bor taşkilotga a’zo böliş muddati borasidagi maqsadini e’lon qildi. 2026 yil Özbekiston Jahon savdo taşkilotining 2026 yil Kamerunda bölib ötadigan vazirlar konferensiyasiga qadar uşbu taşkilotga a’zo bölib kirişni rejalaştirmoqda.