Qonunçilik palatasining 26 noyabr kungi majlisida 2025 yilgi davlat budjeti töğrisidagi qonun loyihasi birinçi öqişda konseptual jihatdan qabul qilindi.
Majlisda boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov ma’ruza qilib, öz sözida Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişning ahamiyatiga ham töxtaldi.
“Jahon savdo taşkiloti – umuman olganda, bir adolatli savdo tizimi. JSTga a’zo bölganlar va a’zo bölmaganlar orasida tengsizlik bor. Masalan, biz birorta rivojlangan mamlakat bilan savdo-sotiq qiladigan bölsak, ular bizdan doimo özi uçun mö’tadil, qulay şart-şaroitlarni talab qiliş huquqiga ega. Bu yerda imtiyozlarni nazarda tutmayapman.
Şu bilan birga, JSTga a’zo bölgan ayrim mamlakatlar bor – [qaysiligini] bu yerda hozir aytib ötirmoqçi emasman – heç qaysi mamlakat uçun qöymagan import bojlarini Özbekiston uçun qöygan. Uni biz faqat ikki tomonlama muzokaralarda körişimiz mumkin, “e, bu notöğri bölyapti, boşqa” deb. Buni yo qilişi, yo qilmasligi mumkin. Lekin agar biz ham JSTga a’zo bölganimizda edi, bu ularga şaxsan bizning eksportimizni çeklaşga qaratilgan çora-tadbir körişga imkoniyat bermaydi.
Fikrimni lönda qilib aytadigan bölsam, JSTga kiriş – Özbekistonga boşqa, avvalo rivojlangan va tez rivojlanayotgan mamlakatlar bilan adolatli va teng paritet şart-şaroitlarda savdo qiliş huquqini beradi.
Endi, kimdir yöqotişi mumkin, kimdir boşqa bölişi mumkin, lekin mening fikrimça, JST – bu adolatli savdo tartib-taomillari. Şuning uçun Özbekistonning har bir tadbirkori böladimi, korxonasi böladimi, mana şu oçiq raqobat şaroitida, adolatli şaroitda tadbirkorlik yuritişga örganişi kerak”, – dedi Qöçqorov.
Özbekiston hukumati 2026 yilgaça Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş maqsadini e’lon qilgan.
“Iqtisodiyotimizga oldinlari proteksiya qaysidir ma’noda kerak edi. Yana şu yölda davom etsak, imkoniyatlarimiz çeklanib qoladi”, – deya uşbu maqsadni izohlagan prezident Şavkat Mirziyoyev.












