Qo‘qon universiteti – cheksiz imkoniyatlar maskani!
Qo‘qon universitetiga 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!
Bugun barchamizga ma’lumki, Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Ayniqsa, ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar joriy etilmoqda.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Buning natijasida mamlakatimizda yoshlarning oliy ta’lim olishiga katta sharoitlar yaratib berilayotgani tufayli oliy ta’lim muassasalari soni 2,5 barobarga ortib, 210 taga yetdi. Ulardan 110 tasi davlat, 67 tasi nodavlat, 29 tasi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hisoblanadi, ularning filiallari 40 tani tashkil qiladi. Qamrov darajasi esa 9 foizdan 38 foizga oshdi.
Talabalar soni 1 million 200 mingga yaqinlashib, yirik universitetlar allaqachon 25 minglik dovonni bosib o‘tgani tahsinga sazovordir. Bugungi oliy ta’lim muassasalarida 40 mingdan ziyod professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ularning qariyb 30 foizi ilmiy unvon va darajalarga ega. Eng muhimi, oliy ta’limda xususiy sektorlar qamrovi oshib, ularning faoliyati orqali ham yetuk mutaxassislar tayyorlash amaliyoti joriy qilindi.
Jumladan, 2019 yil 17 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 683-sonli qarori asosida Qo‘qon universiteti tashkil etilishi belgilandi.
Qo‘qon shahri markazida ajoyib lokatsiyada joylashgan Qo‘qon universiteti talabalarga zamonaviy va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda, xalqaro ta’lim standartlariga mos keluvchi o‘quv dasturlar orqali ta’lim berishni, ularni nafaqat mamalakatimizning, balki dunyoning turli jabhalari talablariga javob beradigan yetuk, malakali mutaxassis kadrlar qilib tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Universitetda kunduzgi, masofaviy va sirtqi ta’lim shakllari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlab kelinmoqda. Ta’lim berish jarayonlari HeMIS axborot tizimi asosida va kredit-modul tizimi orqali amalga oshirilib, universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Qo‘qon universiteti 100 ga yaqin universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, talabalar almashinuv dasturlari orqali xalqaro grantlarni qo‘lga kiritib, Bolgariya, Janubiy Koreya, Finlandiya, Germaniya kabi xorijiy davlatlarda amaliyot o‘tab, ta’lim olishmoqda.
“Qo‘qon universiteti” bilan birga quyidagi afzalliklarga ega bo‘ling:
100% gacha grant yutib oling! Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plab o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich talabalariga, o‘quv yili yakunlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va erishilgan ilmiy yutuqlarga asosan ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalariga hamda respublika va xalqaro fan olimpiadalarining 1-3-o‘rin g‘oliblariga to‘lov-kontrakt shartnomasidan 100 foizgacha chegirmalar berishni nazarda tutadi.
Shuningdek, Qo‘qon universitetining kompyuter injiniringi, turizm, maxsus pedagogika va kiberxavfsizlik injiniringi yo‘nalishlari talabalari uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan har bir yo‘nalishga 10 tadan jami 40 ta davlat granti ajratildi!
To‘rt yilda 2 ta mutaxassislikni qo‘lga kiriting! Universitetdagi mavjud o‘quv rejalari va o‘qish jarayonlari kredit-modul tizimi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarga 2 ta mutaxassislik olish imkoniyatini yaratadi. Talaba asosiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olishi bilan birga qo‘shimcha ravishda ikkinchi qiziqqan kasbning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ham fan (modul)larni o‘qishi va muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi natijasida ikkita kvalifikatsiyaga ega bo‘lishi mumkin. Bunda o‘quv jarayonlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (4 yil)ga ajratilgan jami 240 akademik kredit hajmida amalga oshiriladi.
Nufuzli chet el universitetlarda o‘qishni davom ettirish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil oladigan talabalar uchun nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish, akademik mobillik dasturlari (talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi) hamda qo‘shma ta’lim dasturlari (1+3, 2+2, 3+1) asosida amalga oshirish imkoniyatlarini nazarda tutadi. Shuningdek, Qo‘qon universiteti zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish, davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yetakchi xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi 683-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan № 186445-sonli litsenziya taqdim etilgan.
Universitetning kunduzgi ta’lim shaklida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
– 60110900 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili – o‘zbek;
– 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili – rus;
– 60110200 – Boshlang‘ich ta’lim – o‘zbek;
– 60110400 – Maktabgacha ta’lim – o‘zbek;
– 60110300 – Maxsus pedagogika – o‘zbek;
– 60310300 – Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) – o‘zbek;
– 60410100 – Iqtisodiyot (tarmoq va sohalar bo‘yicha) – o‘zbek;
– 60410100 – Iqtisodiyot (tarmoq va sohalar bo‘yicha) – rus;
– 60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar – o‘zbek;
– 60410900 – Biznesni boshqarish (tarmoq bo‘yicha) – o‘zbek;
– 60610500 – Kompyuter injiniringi – o‘zbek;
– 60612100 – Kiberxavfsizlik injiniringi – o‘zbek;
– 61010100 – Turizm va mehmondo‘stlik – o‘zbek.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun: qabul.kokanduni.uz
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarga hujjatlar qabul qilinadi:
– 60110200 – Boshlang‘ich ta’lim – o‘zbek;
– 60110400 – Maktabgacha ta’lim – o‘zbek;
– 60310300 – Psixologiya – o‘zbek;
– 60110300 – Maxsus pedagogika – o‘zbek;
– 60410100 – Iqtisodiyot – o‘zbek;
– 60410500 – Moliya, moliyaviy texnologiyalar – o‘zbek;
– 60410900 – Biznesni boshqarish – o‘zbek;
– 60610500 – Kompyuter injiniringi – o‘zbek.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun: qabul.kokanduni.uz
Shuningdek, “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kamida 3 yillik amaliy ish staji (pedagogik staj) hamda ishlab turgan soha tashkilotlaridan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar masofaviy ta’lim shakli uchun qabul qilinadilar.
Qabul uchun kerakli hujjatlar:
Pasport yoki ID-karta;
O‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
Mehnat daftarchasidan ko‘chirma;
Maktabgacha ta’lim tashkiloti va Maktabgacha ta’lim bo‘limi tavsiyanomasi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun: msqabul.kokanduni.uz
Magistratura bo‘yicha quyidagi mutaxassisliklariga hujjatlar qabul qilinadi:
– 70410102 – Iqtisodiyot – o‘zbek;
– 70410501 – Moliya – o‘zbek.
Hujjatlar oflayn tarzda qabul qilinadi.
Ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha quyidagi havola orqali hujjatlar qabul qilinadi:
https://ikkinchitalim.kokanduni.uz
Ingliz, nemis, fransuz, koreys kabi tillarni bilish darajasi bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tili fanidan bo‘lib o‘tadigan imtihondan ozod etiladilar va fan bo‘yicha to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballga ega bo‘ladilar.
2024/2025 o‘quv yili uchun Qo‘qon universitetiga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan va o‘qishni tamomlagandan so‘ng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish istagini bildirgan abituriyentlar bilan uch tomonlama shartnoma asosida 30 nafar talabgorga davlat granti ajratiladi.
Universitetga 2024/2025 o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan farzandlari orasidan tanlov asosida universitet granti bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.
Qo‘qon olimpiadasida ishtirok etib, investitsion vaucherni qo‘lga kiritgan abituriyentlar tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Qo‘qon universitetiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz universitet granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Shuningdek, respublika (1-o‘rin) va xalqaro (1-3-o‘rinlar) fan olimpiadalari g‘oliblari bo‘lgan umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz universitet granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
ECs kredit-modul tizimi bo‘yicha tegishli kreditni to‘plagan universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Universitet faoliyati va qabul jarayoni bilan bog‘liq qo‘shimcha savollaringizga quyidagi rasmiy sahifalarimiz orqali to‘liq ma’lumotlar olishingiz mumkin.
Rasmiy veb-sayt: kokanduni.uz
Telefonlar: +99873 545-55-55, +99873 545-44-44
Telegram: t.me/kokanduni
Instagram: @kokanduniversity_official
Facebook: fb.com/kokanduniversity
Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy.
Reklama