Jahon | 19:48 / 21.08.2024
3510
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoy kompaniyalari Rossiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar yetkazib berishdan bosh tormoqda

Xitoylik yetkazib beruvchilar sanksiyalar tufayli Rossiyadan tovarlarni uchinchi davlat orqali olib chiqib ketishni talab qila boshladi.

Foto: Unsplash

Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi savdo munosabatlari sanksiyalar tufayli murakkablashmoqda: iyul o‘rtalarida xitoylik yetkazib beruvchilar Rossiyadan tovarlarni uchinchi davlat orqali olib chiqib ketishni talab qila boshladi.

Avvalo, bu tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha taqiqdagi tovarlarga taalluqli, masalan, elektronika mahsulotlariga. Xitoydagi «Rossiya tayanchlari» AJ vakili Ilon Goshenev-Dolunsning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ro‘yxatga kirilmagan tovarlarning ham eksporti taqiqlanganiga bog‘liq holatlar uchragan.

«Impaya Rus» tijoriy kompaniyasi direktori Aleksey Razumovskiyning ta’kidlashicha, avvaliga yetkazib beruvchilar biroz yon bosgan bo‘lsa, hozirda vaziyat qiyinlashgan — ayrimlari xaridorlardan bu qat’iy talab qilinyapti.

Xitoy banklari orqali Rossiya kompaniyalaridan to‘lovlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lmagan yetkazib beruvchilar tovarlarni uchinchi davlatlar orqali qabul qilib olishni so‘ramoqda. Bunday yetkazib beruvchilar uchun pul olishning yagona yo‘li — boshqa davlatlar orqalidir, shuning uchun tovarlar u yerga jo‘natilgani to‘g‘risida hujjatlar bo‘lishi kerak.

Ta’kidlanishicha, biznes muqobil yo‘llarni qidirmoqda, ammo bu qo‘shimcha xarajatlarni yuzaga keltiradi — o‘rtadagi agentlarning komissiyasi ham qo‘shiladi. Bu esa o‘z navbatida tovar tannarxi oshishiga, oqibatda import qilinadigan mahsulotlar hajmining qisqarishiga olib keladi.

Xitoy va zamonaviy Osiyo instituti direktori Pavel Kuznetsovga ko‘ra, tovarlarni uchinchi davlatlar orqali yetkazish sxemasi 2022 yildayoq ishlab chiqilgan. U Qirg‘izistondan import qilinayotgan tovarlar hajmi uch barobarga, Qozog‘istondan yetkazib berishlar esa 1,5 barobar ortganiga e’tibor qaratgan. Shuningdek, ushbu jarayonlarda Janubi-Sharqiy Osiyo, Turkiya va Fors ko‘rfazi davlatlari ham ishtirok etmoqda.

Avvalroq Rossiya neft kompaniyalari asosiy xaridori — Xitoydan o‘z barrellariga bo‘lgan talabning keskin kamayishiga duch kelayotgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Iyul oxirlariga ko‘ra, Rossiyadan Xitoyga neft yetkazib berish 7,4 foizga tushib ketgan. Xitoy bojxona statistikasiga ko‘ra, sutkasiga 1,76 million barrel hajmdagi neftning yetkazib berilishi — kamida o‘tgan yilning oxiridan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mavzuga oid