Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada eng mashhur mushuk Larrining ehtimoliy o‘limiga tayyorgarlik boshlandi
Britaniya hukumati joylashgan Dauning-stritdagi 10-uyda sichqon tutish bilan shug‘ullanuvchi mushukka ehtirom ko‘rsatiladi.
Buyuk Britaniya hukumati 17 yoshli mushuk Larrining ehtimoliy vafotiga tayyorgarlikni boshladi. Dauning-stritda joylashgan idora eng mashhur sichqon ovchisi o‘limiga tayyorgarlik rejasini tuzdi, deb yozdi The Times.
Reja «Larri Brijs» deb nomlangan. Odatda qirollik oilasi a’zolarining dafn marosimlari uchun maxus kodli nom tanlanadi. Dauning-strit shunday an’anaga taqlid qilmoqda. Ammo, nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, ayni paytda mushukning «sog‘lig‘i joyida».
Rasmiylar mushukning ehtimoliy o‘limiga atab press-reliz tayyorladi, chop etish uchun fotosuratlar va ijtimoiy tarmoqlar uchun postni ma’qulladi, dedi Vazirlar Mahkamasidagi manbalardan biri. Ikkinchisi «Larri Brijs» rejasi «mushuk o‘limini butun dunyoga e’lon qilish» uchun ishlab chiqilganligini tasdiqladi.
Larri 2011 yilda Devid Kemeron bosh vazir bo‘lganida asrab olingan edi. U Britaniya hukumati joylashgan Dauning-stritdagi 10-uyda sichqon tutish bilan shug‘ullandi va shu vaqtdan beri to‘rtta hukumat rahbarini ko‘rdi: Tereza Mey, Boris Jonson, Liz Trass va Rishi Sunak.
Larridan oldin Dauning-stritdagi eng mashhur sichqon ovchisi uch nafar bosh vazir - Margaret Tetcher, Jon Meyjor va Toni Bleyr davrida yashagan Hamfri ismli mushuk edi. U 2006 yilda 18 yoshida vafot etdi.
Mavzuga oid
18:07 / 17.07.2026
Manchesterning sobiq meri Britaniya bosh vaziri bo‘ladi
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026