O‘zbekiston | 11:51 / 24.08.2024
16631
2 daqiqa o‘qiladi

Chilonzordagi “Oltin markazi” oldida bezorilik sodir etganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Markaz avtoturargohiga kirmoqchi bo‘lgan hamda avtoturargoh xodimlari bilan mojaroda ishtirok etgan Malibu haydovchisi va uning tanishlari protsessual tartibda ushlangan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Joriy yilning 23 avgust kuni Chilonzor tumanidagi “Oltin markazi” oldida 1984 yilda tug‘ilgan A.Sh. Malibu rusumli avtomashinada avtoturargohga kirmoqchi bo‘lgan

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, shu vaqtda avtoturargoh nazorati xodimlari avtoturargohda joy yo‘qligini ma’lum qilishgan va avtomashinada kelgan fuqarolar hamda nazorat bo‘limi xodimlari o‘rtasida og‘zaki tortishuv boshlangan.

Shundan so‘ng A.Sh. o‘zining tanishlari - 1986 yilda tug‘ilgan S.Sh., 1982 yilda tug‘ilgan R.N., 1979 yilda tug‘ilgan M.Sh., 1989 yilda tug‘ilgan S.M.ni chaqirgan va ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan avtoturargoh oldida janjal ko‘tarishgan. 

Poytaxt IIBB ma’lumotida aytilishicha, bu shaxslar “Oltin markazi”da qorovul bo‘lib ishlovchi 1986 yilda tug‘ilgan G‘.I. va 1981 yilda tug‘ilgan A.K.ni urgan vaqtida, markaz nazorat bo‘limi xodimi 1995 yilda tug‘ilgan J.I. ularning bezorilik harakatiga chek qo‘yish maqsadida ajratmoqchi bo‘lgan. Natijada ushbu shaxslar o‘z fuqarolik burchini bajarayotgan J.I.ni urib tan jarohati yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid