Ma’lumotlarga köra, 19 noyabr kuni soat 22:58 da Toşkent şahar Çilonzor tumani “Dilobod” mahalla fuqarolar yiğinining 6-dahasida elektromobil yöl-transport hodisasi natijasida yonayotgani töğrisida Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga xabar kelib tuşgan.
Kelib tuşgan murojaat asosida yonğin-qutqaruv texnikalari körsatilgan manzilga soat 23:04 da yetib borgan va yonğin soat 23:06 da töliq öçirilgan.
Rasmiy ma’lumotga köra, hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan. Yonğin kelib çiqiş sabablari yuzasidan tegişli tartibda tekşiruv işlari olib boriladi.












