Bola maktabga neça yoşdan çiqişi kerak va nega? - mutaxassislar fikri
|20:19 / 25.08.202421 48812 min
Dunyodagi aksariyat mamlakatlarda bolalar 6 yoşdan maktabga çiqadi. Ta’lim böyiça mutaxassis Şokir Tursunga köra, Özbekiston bolalarini ham örta ta’limga 7 yoşdan oldinroq beriş mumkin, lekin buning uçun resurslar yetişmovçiligi bor. Psixolog Rozaliya Gabulhakova maktabga könikib ketiş 6 yoşli bolalarda qiyinroq keçişini aytdi.
The Global Economy ma’lumotlariga köra, dunyodagi 33 ta davlatda bolalarning maktabga çiqişi 7 yoşdan, 138 ta davlatda esa 6 yoşdan boşlanadi. 23 ta mamlakatda esa bolalar 5 yoşdan maktabga çiqişadi. Masalan, Xitoy, Kanada, Germaniya, Yaponiya bolalari 6 yoşdan, Buyuk Britaniya, Avstraliya va yangi zelandiyalik bolalar esa 5 yoşdan maktabga qadam qöyadi.
Finlandiya, Rossiya va bir qança MDH davlatlari qatorida Özbekistonda ham bolalarning maktabga çiqişi 7 yoşdan etib belgilangan. Xöş, gadjetlar, sun’iy intellekt asrida farzandlarning rivojlangan mamlakat öquvçilariga nisbatan keçroq örta ta’lim bilan qamrab olinişi qançalik töğri? Özi aslida bolani neça yoşdan maktabga beriş kerak? Kun.uz bu borada mutaxassislarning fikriga qiziqdi.
Bola maktabga qaçon tayyor böladi?
Ta’lim böyiça ekspert, öqituvçi Şokir Tursunning qayd etişiça, bu borada bolaning 3 ta jihatdan tayyor bölgani inobatga olinişi lozim.
“Bolalarni neça yoşdan maktabga beriş kerak degan masala kötarilganda, turli tadqiqotlar qilinadi. Masalan, bolalarning ijtimoiy munosabatlarga kirişişga tayyorgarligi neça yoşdan böladi, ya’ni sinf, guruh ölaroq qaysi yoşda tayyor bölişi inobatga olinadi. Aksariyat hollarda 5 yoş deb körsatiladi. Şu yoşdan boşlab bolalarni guruhli maşğulotlarga, ijtimoiy munosabatlarga kirişişga jalb qiliş mumkin. Bunga psixologik jihatdan tayyor deb hisoblanadi.
Endi intellektual tayyorgarlik bor. Ya’ni maktabdagi baribir ta’lim jarayoni akademik jarayon hisoblanadi. Bola şunga 6 yoşdan tayyor hisoblanadi. 5 Yoşda akademik jarayonlarga tayyor böla olmaydi. Şuning uçun ba’zi bir davlatlar bolani 5 yoşdan jalb qilsa ham xuddi bizdagi boğça tizimidek öqitişadi. Ya’ni öyinlar öynaş, harflarni yodlatiş, sözlarni öqitiş, matematik amallardan çetga çiqmaydi. 6 yoşdan boşlab öqitadigan davlatlar ham biz 1-sinfda beradigan akademik darajadan pastroqda bölişadi. Aniqroq aytsam, ular bu vaqtda bolani yuqoriroq akademik jarayonga moslaştiriş bilan band bölişadi. Şuning uçun 6 yoşdan olib 12 yil öqitiş degan masalalar Yevropda ança jadallaşgan, rivojlangan.
Mavzuga oid
Bolalarning ruhiy va ijtimoiy tayyorgarligidan taşqari, jismoniy tayyorgarligi ham hisobga olinadi. Maktabdagi bosim darajasiga qarab bola 6-7 yoşdan jismoniy jihatdan tayyor böladi”, – deydi u.
“Özbekiston yaqin 10 yil içida maktab yoşini qisqartiriş imkoniga ega emas”
Şokir Tursun Özbekistondagi tajriba haqida gapirarkan, ayni masalada tadqiqot va örganişlar qilinişi kerakligi, yaqin yillarda maktablar 7 yoşdan kiçik bolalarni qabul qila olmasligini aytdi.
“Tadqiqotlarga köra, ança yillar oldin yuqoridagi 3 ta jihatdan kelib çiqib 7 yoş deb belgilangan. Bugungi kun özbek bolasi böyiça tadqiqot qilingani borasida menda ma’lumot yöq. Buni ham örganib köriş kerak, agar bolalar ertaroq tayyor bölayotgan bölsa, ularni ertaroq ta’limga jalb qiliş mumkin.
Lekin Özbekiston yaqin 10 yil içida maktab yoşini qisqartiriş imkoniga ega emas. Çunki maktab yoşini pasaytirgan yilimizda rejamizdagidan deyarli 2 barobar köproq öquvçini qabul qilişimizga töğri keladi. Ya’ni ham 7 yoş, ham 6 yoşlilarni olişga töğri keladi. Bu öz-özidan maktablarga katta bosim böladi. Maktablarimizning siğimi bunga tayyor emas. Öqituvçilarning soni ham yetmaydi, budjet ham bunga tayyor emas. Ya’ni maktablarni qöşimça jihozlaş, tayyorlaş, pedagoglarni jalb qiliş, ayrim hududlarda ta’lim muassasasini kengaytiriş zarurati yuzaga keladi. Mana şu masalalarni hisobga olsak, yaqin 10 yil içida Özbekiston maktabga çiqiş yoşini qisqartira olmaydi. Agar Özbekiston şu haqda öylayotgan bölsa ham, yaqin 1-2 yil içida amalga oşirişga qiynaladi.
Maktablarni köpaytirib, öquvçilar siğimiga moslab olgandan keyin bu masalani örtaga olib çiqib, muhokama qiliş mumkindir. Lekin baribir bu borada tadqiqot olib borilişi kerak. Hozirga kelib bolaning psixologik, fiziologik, ijtimoiy va kognitiv tayyorgarligi ança özgargan, şu sababli bolalarni 6 yoşdan bemalol akademik jarayonga jalb qiliş mumkin deb öylayman. Ammo bunda ham bosimni qattiq nazorat qiliş va öquv dasturlarini qaytadan körib çiqiş kerak”, – dedi u.
Bolaning psixologik tayyorligi nega muhim?
Psixolog Rozaliya Gabdulhakovaning aytişiça, bolalar neçta yoşdan maktabga boradi degan savolga javob topişdan avval, ularni qaysi maktabga beriş kerakligini aniqlab oliş lozim. “Çunki Özbekistondagi maktablar boşqa davlatlarnikidan farq qiladi”, – deydi u.
“Birinçidan, maktabdagi şaroitlar. Masalan, Buyuk Britaniyada bolalar maktabga 5 yoşdan borişadi. Lekin u darslar bilan, biznikining farqi katta. Baholaş tizimi ham boşqaça. Britaniyda boşlanğiç sinflarda har kunlik baholar qöyilmaydi. Bundan taşqari, sinfdagi şaroit ham boşqaçaroq. Misol uçun, bolalar gilam ustida, yerda ötirib ham darslar ötişlari mumkin, öqituvçining dars ötiş uslubi ham biznikidan farq qiladi.
Qöşni mamlakatlardan biri, jumladan Qozoğistonda ham 6 yoşdan maktab boşlanarkan. Lekin yana ta’kidlab ötişimiz kerak bölgan narsa bu – maktabdagi bolalar soni. Bizda bolalar soni 40 nafarga yaqin böladi, şuning uçun ham öqituvçining yaxşi dars ötişiga bolalarning xulqi, psixologik maktabga tayyorgarligiga qattiq ta’sir qiladi. Masalan, bizning maktablarda öqituvçilar asosan instruktor vazifasini bajaradi, ya’ni öquvçilarga ma’lum bir buyruqlar beriladi, topşiriqlar tuşuntiriladi, öquvçi esa buyurilgan işni bajarişi kerak. Bunday holatlarda bolaning psixologik tayyorgarligi juda ham muhim.
Bolalar nimani bilişi kerak? Birinçi navbatda ular 15 daqiqadan köp bir joyda ötira olişi kerak va ötirişi ularning qörqqani sababli emas, balki örganayotgan narsasiga qiziqqani sababi bilan bölişi kerak. Aks holda esa ta’lim inqirozga uçraydi, ya’ni bola örganişi kerak bölgan narsani örgana olmaydi. Qörqib ötkazilganda ham bolaning miyyasi yaxşi faoliyat olib borolmaydi, afsuski.
Demak, bizning maktablarda bolalar qanday psixologik qobiliyatlarga ega bölişi kerak? Diqqatini jamlab ötira oliş, instruksiyalar va buyruqlarga quloq soliş, topşirilgan vazifalarni mustaqil bajarişi lozim. Agarda bolada mana şu qobiliyatlar rivojlanmagan bölsa, afsuski, bola maktabda yaxşi öqiyolmay qoladi. Odatda 6 yoş bolalarning faqatgina 10 foizida yuqorida sanab ötilgan qobiliyatlar böladi. 7 yoşlarning esa aksarida mavjud. Psixologik yoki nevrologik muammolari bölmagan bolalar şu qoidalarga amal qilgan holda özlarini bemalol tuta olişadi”, – deydi Gabdulhakova.
“Erta çiqqan bolada stressga tuşiş ehtimoli bor”
Şuningdek, psixolog 7 yoşdan kiçik bolalarning maktabga borişini öziga xos salbiy tomonlari borligini ham eslatdi. Unga köra, bunda öquvçiga köproq stress yuklanadi.
“Masalan, bolalarda diqqat yaxşi yetişmagani sababli ular darsga e’tibor berib ötirolmaydi. Ijtimoiy özini tutişni bilmagani uçun ham maktabda yomon his qilib, köproq stressga tuşiş ehtimollari bor. Va darsda örganiş kerak bölgan bilimlarni yaxşi özlaştira olmaydi-da, yana kamiga özi haqidagi fikri pasayib boradi. Judayam şöx 6 yoş bola, sinfdoşlari 7 yoş böladigan bölsa, özini kiçikroq, ularga yetib ololmaydigan, ulardan köra qobiliyati kamroq deb his qilib qolişi mumkin.
Endi bizning yana bir realiya, ya’ni haqiqatdan kelib çiqib aytsak, bir öqituvçining ma’lum vaqt davomida 30-40 nafar bola bilan işlaşiga töğri keladi. Bunda nafaqat öqitiş, sinfda tinçlik saqlanişi, bolalarning hammasida diqqat uşlab turilişi, barça topşiriqlarni bajarişni nazorat qiliş kerak böladi. Bu esa oson iş emas. Ayniqsa, özini psixologik boşqaradigan darajada rivojlanmagan bölsa, bunday sinfda öqituvçi faoliyatini olib borişi juda qiyinlik qiladi.
Özimning tajribamdan kelib çiqib aytsam, 7 yoşga tölmagan bolalar ayniqsa psixologik jihatdan maktabga çiqişga tayyor bölmagani sababli qiynalişadi, şuning uçun ularning maktabga nisbatan fikri salbiy bölib qoladi. Ular maktabni yomon köradigan, maktabga borişni xohlamaydigan, darslar ular uçun azob-uqubat bölib qoladi. 7 yoş bola esa darsni örganişga qiziqqani, pedagogning aytganlarini tuşunib, baholarga erişiş bilan öziga işonçi ortib, öqişlari osonroq böladi. Özlari sevib maktabga borişni boşlaydi”, – deydi mutaxassis.
Psixologning qöşimça qilişiça, bolalarning soni köp, ularning rivojlanişi turliça bölgani uçun öqituvçilar öquvçilarni qörqitiş evaziga tinçlantirişiga töğri keladi. Bu esa 7 yoşdan kiçik bolalarga juda yomon ta’sir qilişi aytildi.
Şuningdek, Gabdulhakova 7 yoşdan ertaroq ham bolalar maktabga psixologik jihatdan tayyor bölişi mumkinligini, buni esa mutaxassis körigidan ötib tasdiqlatib oliş kerakligini qayd etdi.
Qolaversa, psixolog bolani maktabga qanday tayyorlaş yuzasidan ota-onalarga öz tavsiyalarini ham bölişdi. Batafsil – yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Özbekistonda nega 7 yoş belgilangan?
Soğliqni saqlaş vazirligining öquv-tarbiya muassasalari böyiça boş mutaxassisi Inobat Ahmedova Özbekiston qonunçiligida bolalar 7 yoşga töladigan yilda maktabga qabul qilinişi belgilanganiga izoh berdi.
“Bilasizmi, bobo-buvisi bilan birga yaşaydigan aksariyat bolajonlarni kuzatsak, ular tengdoşlariga nisbatan ança aqlli va ziyrak böladi. Hatto ayrim olti yoşdagi bolalarning yetti yoşli öğil-qizlarga nisbatan birmunça uquvli ekaniga ham guvoh bölamiz. Şu bois köpçilik ota-onalar yetti yoşga tölmasa ham, “farzandim maktabga borsin” deydi. Vaholanki, olti yoşda bola har qança aqlli bölmasin, ularda fikrlaş qobiliyati töliq şakllanib ulgurmaydi. Çunki yetti yoşgaça uning miyasi ösiş jarayonida bölib, ayni şu yoşdan keyin takomillaşadi. Ya’ni bu fiziologik holat hisoblanadi.
Qolaversa, bola hayotining yettinçi yilida undagi harakatlar kölami kengayib, aniqlaşadi va özaro moslaşuv boşlanadi. Ular özini idora etiş, harakatlarini nazorat qiliş qobiliyatiga ega böladi. Yetti yoşda diqqatni jamlaş, vaziyatni baholaş va qiyinçiliklarga duç kelganda, töğri qaror qabul qilişni örganadi.
Şuningdek, bu yoşda bola ham jismonan, ham ruhan çiniqadi, qiziquvçanligi ortadi. Uning idrok kuçi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Moddiy borliqni anglaşga intiladi. Şuningdek, bu yoşda ularda gigiyenik malakalar şakllanadi”, – deydi SSV boş mutaxassisi.