AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens Amerikaning Eronga zarbalarini izohlar ekan, Vaşington Tehron bilan emas, balki uning yadro dasturi bilan urişayotganini aytdi. Bu haqda u 22 iyun, yakşanba kuni NBC telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Biz Eron bilan urişayotganimiz yöq. Eron yadro dasturi bilan uruş holatidamiz», — deydi Vens. Unga köra, AQŞ zarbalari «Eron yadro dasturini yöq qildi». «Öylaymanki, biz uni sezilarli darajada ortga qaytardik», deya qöşimça qildi vitse-prezident.

Şu bilan birga, NBC ta’kidlaganidek, Vens Eronning yadroviy inşootlari töliq vayron bölganini 100 foiz işonç bilan tasdiqlaşdan boş tortdi, buning örniga, AQŞ Eronning yadro qurolini yaratiş qobiliyatini «sezilarli darajada keçiktirganini» ta’kidladi.

«Men Eronda körganlarimiz haqidagi maxfiy razvedka ma’lumotlarini keltirmoqçi emasman. Lekin biz köp narsani kördik va ularning yadro qurolini yaratişini sezilarli darajada keçiktirganimizga töliq işonaman, bu hujumdan maqsad şu edi», — deya boşlovçining AQŞ ma’muriyati Eron yadro inşootlari töliq vayron qilinganiga 100 foiz işonçi komilmi, degan savoliga Vens şunday javob berdi.

ABC telekanaliga bergan alohida intervyusida Vens Eronning Fordodagi eng mustahkam yadroviy inşooti vayron bölganmi yoki şunçaki şikastlanganmi, aniq aytmadi. «U jiddiy şikastlanganmi yoki vayron bölganmi, farq nima ekanligini töliq bilmayman», dedi Vens va AQŞ Eronning yadroviy dasturini «sezilarli darajada ortga surganini» yana bir bor ta’kidladi.

Ayni paytda AQŞ prezidenti Donald Tramp zarbalardan söng bergan bayonotida «Eronning uranni boyitiş böyiça asosiy inşootlari töliq va butunlay yöq qilingan», deb aytdi. Mudofaa vaziri Pit Hegset 22 iyun kuni bölib ötgan matbuot anjumanida «Eronning yadroviy ambitsiyalari» yöq qilinganini ta’kidladi. Xuddi şu brifingda ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi Den Keyn jangovar harakatlar natijasida yetkazilgan yakuniy zararni baholaş «biroz vaqt olişini» bildirdi.

Eron rasmiylari AQŞ zarbalaridan söng bir muddat avval AQŞ hujum qilgan uçta yadroviy obektni – Fordou, Natanz va Isfaxonni evakuatsiya qilganini ta’kidladi. «Boyitilgan uran zaxiralari yadro markazlaridan olib çiqib ketildi va u yerda, agar nişonga olingan bölsa, radiatsiya keltirib çiqarişi va vatandoşlarimizga zarar yetkazişi mumkin bölgan materiallar qolmagan», — dedi Eron davlat teleradiokompaniyasi rahbari örinbosari Hasan Abedini.

Eron parlamenti raisi maslahatçisi Mehdi Muhammadiyning aytişiça, Eron Fordoga hujum qilinişini kutgan, şuning uçun «obekt ança vaqt oldin evakuatsiya qilingan, yetkazilgan zarar juda katta emas».

Pentagon ma’lumotlariga köra, GBU-57 bunkerga qarşi bombalari Fordo obektiga taşlangan. Zarbalar oqibatlarini Planet Labs kompaniyasining sun’iy yöldoş tasvirlarida köriş mumkin: tunnellarga kiriş qismlari vayron qilingan va obekt ustidagi tuproq rangi özgargan. Mutaxassislar obekt yana qanday zarar körganini hozirça ayta olmayapti, deya xabar beradi tasvirlarni tahlil qilgan AP agentligi.