Eron armiyasi katta va doimiy harbiy kuçga tayanadi. Ammo uning harbiy texnikalari eskirgan va proksi kuçlari zaiflaşgan. Isroil esa yaşirinlik, zamonaviy yerusti va havo kuçlariga tayanadi. Xöş, bu davlatlarda qança armiya va qanday harbiy texnikalar bor? Bugun şu haqda söz yuritamiz.

2025 yil 13 iyun kuni tongda Isroil harbiy-havo kuçlari Eronning harbiy va yadroviy obektlariga keng kölamli hujum uyuştirdi: 200 dan ortiq harbiy samolyot Eron böylab 100 ga yaqin nişonga zarba bergan. Natijada Eronning köplab yuqori martabali harbiy qömondonlari, yadroviy loyihalar ustida işlayotgan olimlar va yuzlab tinç aholi vakillari vafot etdi. Isroilning hujumi hamon davom etmoqda, Netanyahu bu hujumlar 14 kunga möljallanganini aytgandi.

Isroil hujum boşlagan kun – 13 iyunning özida Eron 100 dan ortiq ballistik raketalardan foydalanib, javob zarbasini berdi. Tel-Aviv va Isroilning harbiy obektlariga yönaltirilgan zarbalarning aksari «Temir gumbaz» yordamida tutib qolingan. Eronning keyingi zarbalari esa eng işonilgan havo hujumidan mudofaa tizimi ham zaifligini körsatib berdi. Eronning har kunlik raketa zarbalari ortidan Isroilda ham yöqotişlar va zararlar ortib bormoqda.

Geosiyosiy dunyoning diqqat markazida turgan uşbu uruş fonida bir qança xorijiy naşrlar Eron va Isroil harbiy salohiyatini soliştirib kördi.

Insoniy kuçlar va harbiy xarajatlar

Eron va Isroil bir-biridan 1000 km uzoqlikda joylaşgan, ikki davlat orasida Iordaniya va Iroq bor. Ya’ni ballistik raketalar ham, dronlar va jangovar samolyotlar ham uşbu davlatlar ustidan uçib ötadi.

Raqamlar böyiça qaraganda, Eron ustun körinadi: aholisi 88 million, hududi 1,6 million kvadrat kilometr. Isroilda esa atigi 9 million aholi va 22 ming kvadrat kilometr maydon bor. Biroq mutaxassislarga köra, harbiy nuqtayi nazardan bu raqamlarning ahamiyati katta emas.

Eron armiyasi ikki qismga bölingan: odatiy harbiy kuçlar – asosiy vazifasi çegara himoyasi va an’anaviy harbiy operatsiyalar va Islom inqilobi muhofizlari korpusi. Inqilobiy korpus öz içiga elita Quds kuçlarini, strategik raketa qömondonligini va kiber kuçlarni oladi.

  • Qurolli kuçlar — taxminan 600 ming askar va standart harbiy jihozlar.
  • Inqilobiy korpus — taxminan 200 ming kişi, turli elita bölinmalarga bölingan.
  • Şuningdek, 350 mingdan ziyod zaxiradagi harbiylar.

Aholisi kam bölsa-da, Isroil armiyasi ham yetarliça katta:

  • 170,000 faol askar;
  • 400,000 mingdan ziyod zaxiradagi kuçlar.

Bu Eronnikidan kam, ammo Isroil kuçlari mintaqadagi uruşlar orqali jangovar tajribasi köproq, deya köriladi.

Global Firepower ma’lumotlariga köra, Eronning uruşga layoqatli aholisi soni 41 milliondan oşadi, Isroilda esa 3 milliondan köproq. Ikkala davlatda ham majburiy harbiy xizmat mavjud, Isroilda ayollar uçun ham harbiy majburiyat bor.

Harbiy xarajatlar borasida Isroil ustun, deyiş mumkin. Sönggi ma’lumotlarga köra, Eron yillik harbiy budjeti 15 milliard dollardan oşgan. Isroil esa Ğazodagi va qöşnilari bilan uruş fonida harbiy xarajatlarini 20 foizdan köproqqa oşirib, 30 milliard dollarga yetkazgan.

Harbiy texnikalar va ularning qudrati

Quruqlikdagi qöşinlar borasida:

  • Eronda 10,5 mingdan köproq jangovar tank, 6 798 ta artilleriya quroli, 640 ta zirhli transport vositalari, 55 ta harbiy vertolyot mavjud.
  • Isroilda esa 400 ta jangovar tank, 530 ta artilleriya quroli, 1,2 mingga yaqin zirhli transport bor.
Karrar – Eron armiyasining eng kuçli tanki

Harbiy-havo kuçlari:

  • Eron: 335 ta jangovar samolyot, ularning 23 tasi muhofizlar korpusiga tegişli. 7 ta hujum vertolyoti.
  • Isroil: 345 ta jangovar samolyot, 43 ta hujum vertolyoti.
Isroil harbiy havo kuçlariga qaraşli F-35I qiruvçisi

Dengiz kuçlari:

  • Eronda 17 ta taktika suvosti kemasi, ba’zi manbalarda 25 ta deyilgan. 68 ta patrul va sohil qöriqlaş kemalari, 12 ta desant kemasi va boşqa yordamçi vositalar bor.
  • Isroilda esa 5 ta suvosti kemasi, 49 ta patrul va sohil kemalari mavjud.

Havo hujumidan mudofaa tizimida esa Isroilda yaqqol texnik ustunlik bor.

Isroilning Iron Dome havo xujumidan mudofaa tizimi

Xususan, Isroilda

  • Iron Dome (Temir gumbaz): qisqa masofali raketalarni aniqlab va yöq qiluvçi tizim; 10 ta batareya mavjud.
  • David's Sling: 40–300 km oraliğidagi raketalarni tutadi.
  • Arrow System: 2,4 ming km masofadagi ballistik raketalarni tutişi aytiladi.

Eronda:

  • 2025 yil boşida Azaraxş qisqa masofali IP/radar tizimi joriy etildi.
  • Uzoq masofali tizimlar: Rossiyaning S-200, S-300, Eronning Bavar-373.
  • Örta masofali: MIM-23 Hawk, Xitoydan HK-2J, mahalliy Hurdad-15.
  • Xitoy va Rossiyaning qisqa masofali mudofaa raketalari.

AQŞ strategik tadqiqotlar markazi ma’lumotlariga köra, Eronda kamida 12 xil turdagi, 2 ming kmgaça uçadigan ballistik raketalari mavjud. Isroilda esa 4 xil turdagi, 6 ming kmgaça uçadigan ballistik raketalar mavjud.

Eronning “Zulfiqor” ballistik raketasi

Harbiy soha mutaxassislariga köra, Eronning harbiy texnikasi çalkaş holatda: Sovet Ittifoqi va 1979 yilgaça AQŞ tomonidan yetkazib berilgan jihozlar, şuningdek, yaqin yillardagi Rossiya texnikalari mavjud. Ammo Eron turli turdagi dronlar, ayniqsa «Shaheed» hujumçi dronlarini işlab çiqiş böyiça ilğor hisoblanadi.

Isroilning yer, dengiz va havo kuçlari esa AQŞ va Yevropaning zamonaviy texnologiyalariga, şuningdek, mustahkam içki harbiy sanoatiga tayanadi. Bu sanoat Isroilga töliq harbiy texnikani mustaqil işlab çiqiş, quriş va ta’mirlaş imkonini beradi — natijada u bir vaqtning özida bir neçta frontlarda uruş olib borişga imkon topmoqda.

Yadroviy salohiyat: Isroilning atom bombalari

Isroil Yaqin Şarqdagi yagona yadro qurollariga ega davlat sifatida qaraladi, garçi u bu haqda rasman tasdiq bermagan bölsa ham. Arms Control Assosiation hisobotiga köra, Isroilda 90 ta yadroviy jangovar kallak mavjud. Lekin Isroil rasmiylari buni tan olmagan.

Yadro qurollariga ega davlatlar

Eronda esa rasman yadro quroli yöq, lekin rivojlangan yadroviy dasturga ega. Oyatulloh Xominaiy 2000 yillarda yadroviy qurol işlab çiqarişni diniy fatvo bilan man etgan edi. Lekin Eron rasmiylari 2025 yil may oyida Eron yadroviy doktrinasini özgartiriş bilan tahdid qilgan.

Xususan, Eron yadro dasturi sönggi yillarda sezilarli darajada rivojlangan. AP naşrining yozişiça, ular uranni deyarli qurol darajasigaça boyitişga muvaffaq bölgan. Agar siyosiy qaror qabul qilinsa, bir neça oy içida bir neçta yadroviy bomba işlab çiqarişga yetarli darajada boyitilgan uranga ega. Ammo bu uranlarni raketalar yoki boşqa taşuvçi vositalarga joylaştiriş uçun yana köp vaqt talab qilinadi. Isroil esa bunga yöl qöymaslik niyatida allaqaçon Eronning yadro işlab çiqariş va ballistik raketa obektlariga zarbalar bermoqda.

Ittifoqçilar: AQŞ va proksi guruhlar

Harbiy imkoniyatlarni soliştirişda e’tiborga olinişi lozim bölgan muhim jihat – hamkorlar. Ikki davlat uçun ham ittifoqçilar muhim rol öynaydi, ayniqsa Isroil uçun.

Isroilning asosiy ittifoqçisi va himoyaçisi hisoblangan AQŞning mintaqada kuçli harbiy mavjudligi bor. Xususan:

  • Arab dengizida 60 ta qiruvçi samolyotga ega aviataşuvçi kema,
  • Boy arab davlatlarida joylaşgan yuzlab samolyotlar, minglab askarlarga harbiy bazalar.
USS Dwight D. Eisenhower — AQŞning Yaqin şarqda joylaşgan eng katta aviataşuvçisi

AQŞ davlat kotibi Marko Rubio uruşda Isroil «bir tomonlama harakat qilgani» va AQŞ harbiy harakatlarda qatnaşmaganini aytdi. Şunga qaramay, AQŞ Eron tomonidan otilgan ballistik raketalarni tutib qolişda Isroilga katta yordam bermoqda. Sönggi kunlarda Eron osmonida AQŞ razvedkaçi dronlari ham urib tuşirilgani aytilmoqda. Bundan taşqari, Buyuk Britaniya va Germaniya ham Isroil mudofaasiga yordam berayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Eronga sodiq proksi guruhlar – Livanda "Hizbulloh" va Yamanda husiylar. Lekin sönggi bir yil içida AQŞ va Isroil harbiy operatsiyalari natijasida bu kuçlar jiddiy darajada zaiflaşgan. Hatto "Hizbulloh" rasmiylari bu uruşga aralaşmasligini aytib çiqdi.

Barça oldingi harbiy qarama-qarşiliklarda Isroilga muhim yordam bergan AQŞ bu safar ham ittifoqçisini yolğiz qoldirmasligini aniq bölib turibdi.

P.S. Alohida qayd etib ötiş kerak, aslida Eron va Isroilning harbiy salohiyatiga doir ma’lumotlarning barçasi harbiy sir hisoblanadi va biror marta rasman oçiqlanmagan.

Umuman dunyodagi barça davlatlarning harbiy salohiyati, ega bölgan qurol-yaroğ va texnikalariga doir ma’lumotlar – hukumat hisobotlari, press-relizlar va foto-hisobotlar, professional harbiy-tahliliy naşrlar hamda aql markazlari bergan tahliliy ma’lumotlar, OAVlarga sizdirilgan razvedka ma’lumotlari va kuzatuvlardan foydalanib şakllantiriladi. Şu sababli unda raqamlar taxminiy tusga ega, maxfiy va işlab çiqariş jarayonidagi qurollar haqida ma’lumotlar bölmasligi mumkin.