AQSh politsiyasi jinoyatlarga oid hisobotlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanishni boshladi
Odatda politsiya xodimi kameralar orqali yozib olingan barcha ovozlarni hisobot shakliga keltirish uchun 45 daqiqagacha vaqt sarflaydi, sun’iy intellekt esa buni sakkiz soniyada uddalamoqda.

Foto: AP
AQShning Oklaxoma-Siti shahrida politsiya serjanti Mett Gilbert hamda uning Ganner laqabli itiga o‘rnatilgan kameralar gumonlanuvchilar guruhini qidirish paytida bir soat ularning o‘zaro muloqotini yozib oldi. Odatda serjant qidiruv ishlarini olib borgani bo‘yicha hisobotni tayyorlashga 30-45 daqiqa vaqt sarflar edi, ammo bu safar u sun’iy intellekt xizmatidan foydalanishga qaror qildi.
Kameralar orqali yozib olingan barcha ovozlarni hisobot shakliga keltirish uchun sun’iy intellektga sakkiz soniya kifoya qildi.
«Bu men yozishim mumkin bo‘lgan eng yaxshi hisobot bo‘ldi va u 100 foiz to‘g‘ri», — deydi Gilbert. Unda hatto politsiyasi yodidan chiqargan fakt — boshqa bir ofitser gumonlanuvchilar yashiringanini aytgan mashina rangi ham keltirilgan.
Oklaxoma-Siti politsiya boshqarmasi — kundalik faoliyatiga oid hisobotlarni tayyorlashda sun’iy intellekt chat-botlaridan foydalanayotgan kam sonli idoralardan. Buni sinab ko‘rgan politsiyachilar zamonaviy texnologiyalar imkoniyatidan hayratda. Ammo ayrim prokurorlar va yuristlar bu jinoiy sud tizimining asosini tashkil etadigan hujjatni qanchalik o‘zgartirib yuborishi mumkinligidan xavotirda.
ChatGPT texnologiyasi asosida yaratilgan va elektroshoker hamda kameralar ixtirosi bilan tanilgan Axon kompaniyasi tomonidan sotiladigan sun’iy intellekt xizmati, Gilbertning so‘zlariga ko‘ra, politsiya ishida yana bir «burilish nuqtasini» yaratishi mumkin.
«Ular politsiyada ishlashni xohlashgani uchun politsiyachi bo‘lishadi, biroq ish kunining yarmini hisobot to‘ldirishga sarflaydi — bu ular ishda eng ko‘p yomon ko‘radigan vazifa», — deydi Axon asoschisi va bosh direktori Rik Smit.
Smitning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt asosida yaratilgan Draft One nomli mahsuloti kompaniya tomonidan taqdim etiladigan barcha mahsulotlar ichida «eng ijobiy taassurotni» uyg‘otmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya banki 2022 yil kuzidan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 12:28
-
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi
O‘zbekiston | 12:02
-
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon | 11:52
-
Hali Falastinda ham imkon bor. Osiyo saralashidagi intrigalar
Sport | 11:35
Mavzuga oid

11:52
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

09:41
RFda sudlangan amerikalik Tater Rossiyani tark etdi

08:26
Germaniyalik general: YeI AQShning Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordamini almashtira oladi

00:45