Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
30 avgust-3 sentabr kunlariga ob-havo prognozi berildi.
Foto: Kun.uz
Avgust oyining oxirgi kunlarida va 1-3 sentabr bayram kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, havo harorati 30-31 avgustda kunduz kunlari +31...+35 daraja atrofida, janubda +37 darajagacha bo‘ladi. 1 sentabrdan respublika hududi bo‘yicha harorat foni asta-sekin pasayadi va 2-3 sentabrda harorat +28...+31 daraja atrofida bo‘ladi. Harorat kechalari +13...+15 darajagacha pasayadi.
Nisbatan salqin havoning kirib kelishi ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan qayd etiladi.
Poytaxtda 30-31 avgust va 1-3 sentabr kunlari havo asosan ochiq bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 1-2 sentabrda 10-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechalari +15...+18 daraja, 3 sentabrda +13...+15 daraja, kunduz kunlari 30-31 avgust va 1 sentabrda +30...+34 daraja, 2-3 sentabrda +28...+30 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:59 / 23.12.2025
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin
16:59 / 22.12.2025
Yangi yil arafasi biroz quruq va iliq o‘tadi
14:58 / 22.12.2025
Hafta davomida havo biroz isishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
19:05 / 21.12.2025