Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paralimpiada-2024. O‘zbekiston birinchi kunni 2 ta medal bilan yakunladi
Parij Paralimpiadasining birinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi 2 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Para suzishda S13 klassida 100 metrga batterflay usulida Muslima Odilova (1:05.43) marraga uchinchi bo‘lib yetib kelib, dastlabki medalni — bronzani taqdim etdi. E’tiborlisi, Odilova bungacha Rio-2016da ham sovrindorlar qatoridan joy olgandi.

Para taekvondoda esa -47 kg vazn toifasida Ziyoda Isoqova finalda perulik Leonar Anjyelika Espinoza Karransaga 4:10 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Ziyoda final yo‘lida tailandlik va neytral maqomdagi raqiblarini mag‘lub etgandi.
Mavzuga oid
20:21 / 06.09.2024
Prezident Sherzod Namozov va Husniddin Norbekovni tabrikladi
20:19 / 06.09.2024
Paralimpiada-2024. Kumush Xo‘jayeva kumush medalni qo‘lga kiritdi
00:48 / 06.09.2024
Husniddin Norbekov - 3 karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchi
23:00 / 05.09.2024