Parij Paralimpiadasida Özbekistonning oltin medallari 8 taga yetdi.
Para yengil atletikada yadro uloqtiriş bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija bilan Paralimpiada rekordini örnatdi va şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy oldi.
E’tiborlisi, delegatsiya bayroqdori 3 karra Paralimpiya öyinlari ğolibi bölgan ilk özbekistonlik sportçiga aylandi. Norbekov bungaça Rio-2016 va Tokio-2020da ham tengsiz bölgandi.
Özbekiston delegatsiyasining medallari 17 taga yetdi — 8 oltin, 5 kumuş va 4 bronza.











