Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tashabbusli budjet” g‘oliblari e’lon qilindi
Respublika bo‘yicha 1 772 ta loyiha g‘olib deb topildi. Ularni moliyalashtirishga 2,1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi. Eng ko‘p ovozni Koson tumanidan qo‘yilgan loyiha to‘plagan – 14 663 ta. Chirchiq shahridan qo‘yilgan loyiha esa atigi 52 ta ovoz bilan g‘olib bo‘lgan.
Eng ko‘p ovoz to‘plagan 6 ta loyiha / Openbudget.uz saytidan skrinshot
“Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024 yildagi 2-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jarayonlarda respublika bo‘ylab 9 mln 81 mingta ovoz berilgan va 2 trln 139 mlrd so‘mlik 1 772 ta loyiha g‘olib deb topilgan.
Respublika bo‘ylab eng ko‘p ovozni Koson tumanidan qo‘yilgan loyiha (ichki yo‘llarni ta’mirlash) to‘plagan – 14 663 ta. Chirchiq shahridan qo‘yilgan loyiha (ichki yo‘llarni ta’mirlash) esa eng kam – atigi 52 ta (!) ovoz bilan g‘olib bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, mavsumga 6 iyuldan start berilgandi. Loyihalar kiritish 6−26 iyul kunlari, ularni saralash 26 iyul-15 avgust hamda targ‘ibot qilish 15-22 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan. Ovoz berish bosqichi esa 31 avgust kuni yakunlandi.
Mavzuga oid
11:10 / 21.03.2026
58 ovozdan 13 ming 386 ovozgacha. «Tashabbusli budjet» g‘oliblari e’lon qilindi
18:28 / 15.03.2026
“Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering” - Iqtisodiyot va moliya vazirligi
11:03 / 11.03.2026
Turli “o‘yinlar” sabab 10 ta tuman va shahar “Tashabbusli budjet”da sanksiyaga uchradi
12:58 / 03.03.2026