Qarorga köra, 2026 yil 1 avgustdan taşabbusli budjet jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarni qöşimça ravişda ğolib deb e’lon qiliş uçun imkoniyatlar yanada kengaytiriladi.
Bunda:
har bir deputat tomonidan «Oçiq budjet» axborot portalida (portal) bir mavsum uçun ajratilgan mablağlar doirasida bir yoki bir neçta loyihalar tanlanib, qöşimça ravişda ğolib deb e’lon qilinadi;
deputat vakolati muddatidan ilgari tugatilgan hollarda «Taşabbusli budjet» jarayonlarida parlament nazoratini amalga oşiriş böyiça komissiya qaroriga köra boşqa deputatlar tomonidan taşabbusli budjet jarayonlarining tegişli saylov okrugidagi qöşimça ğoliblari aniqlanadi.
2027 yil 1 yanvardan şeriklik loyihalarini qöşimça ravişda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, tölov taşkilotlari va tijorat banklarining mobil ilovalari orqali moliyalaştiriş imkoniyatlari yaratiladi.
Mobil ilovalarda portal bilan integratsiya ta’minlangan holda barça şeriklik loyihalarining röyxati va taşabbusli budjet jarayonining onlayn statistikasi aks ettiriladi.
Qiymati BHM 2000 baravarigaça (taxminan 824 mln söm) bölgan içki yöllarni ta’mirlaş böyiça şeriklik loyihalarini tuman (şahar) obodonlaştiriş boşqarmalari tomonidan amalga oşiriş tartibi joriy etiladi.












