Dunyoda siyosiy maqsadlarda uyushtirilayotgan hakerlik hujumlari soni keskin oshdi
2024 yilning dastlabki olti oyida hakerlik hujumlari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102 foizga ortgan. Eng ko‘p hujum uyushtirilayotgan yo‘nalishlar orasida hukumat sektori, ko‘ngilochar va moliyaviy sohalar yetakchilik qilmoqda.

Foto: Reuters
Butun dunyoda 2024 yilning birinchi yarim yilligida DDoS-hujumlar soni sezilarli darajada ortdi. StormWall tahliliy markazi hisobotiga ko‘ra, bu hakerlar turli davlatlardagi muhim saylovlarga aralashishga urinayotganidan darak beradi.
Hisobotda qayd etilishicha, 2024 yilning dastlabki olti oyida hakerlik hujumlari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102 foizga ortgan. Eng ko‘p hujum uyushtirilayotgan yo‘nalishlar orasida hukumat sektori, ko‘ngilochar va moliyaviy sohalar yetakchilik qilmoqda. Hukumat sektorlari eng ko‘p hujumga uchrayotgani geosiyosiy keskinlik va saylovlar o‘tkazilishi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
Shuningdek, telekommunikatsiya, transport, riteyl va sanoatning boshqa muhim sohalariga hujumlar amalga oshirilgan. AQSh, Xitoy va Fransiya dunyoda eng ko‘p hakerlar hujumiga uchragan davlatlar bo‘lib qolmoqda, xususan, Fransiya Yevroparlamentdagi saylovlar sabab reytingda ko‘tarilgan.
Google ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi olti oy ichida Qo‘shma Shtatlar va Isroilga barcha APT42 hujumlarining qariyb 60 foizi to‘g‘ri kelgan. Kompaniya xuddi Meta singari eronlik hakerlar faoliyatini AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari bilan bog‘laydi. Shunday qilib, yaqinda sodir bo‘lgan hujumlar bo‘lajak saylovlarda demokratik nomzod bo‘lgan vitse-prezident Kamala Harrisning aloqalariga ham ta’sir qilgan. Bundan tashqari, iyun oyida hakerlar Tramp saylovoldi shtabining ichki hujjatlariga kirish huquqiga ega bo‘lishgan.
Hujumlar soni ortib borayotgani haqidagi ma’lumotlarni AQSh Milliy razvedka xizmati, Federal tergov byurosi va Milliy xavfsizlik departamenti qoshidagi Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi agentligi tasdiqlagan. «Eron bu yilgi saylovlarni milliy xavfsizlik manfaatlariga ta’sir qilishi nuqtayi nazaridan muhim deb hisoblaydi», - deyiladi idoralar qo‘shma bayonotida.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34
-
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
Jahon | 21:21
-
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 21:12
-
Ukraina hukumati AQSh bilan yer qa’ri bo‘yicha kelishuv loyihasining sizib chiqishini tekshiradi
Jahon | 21:08
Mavzuga oid

21:11 / 21.10.2024
«GRU» va «FSB» hakerlari Gruziya hukumati hamda kompaniyalarini kuzatib kelgan - Bloomberg

17:02 / 19.10.2023
Yoshlar siyosati va sport vazirligi sayti ketma-ket hakerlar hujumiga uchradi

23:53 / 23.12.2022
IIV Toshkent shahar IIBB YHXB sayti hakerlar hujumiga uchraganini rad etdi

20:41 / 24.05.2021