Amerikaning Microsoft Corp. korporatsiyasi öz server dasturiy ta’minotiga «faol hakerlik hujumlari» haqida ogohlantiriş berdi va mijozlarga yangilanişni zudlik bilan örnatişni tavsiya qildi. Microsoft blogidagi ogohlantirişda hujumlar mahalliy SharePoint serverlariga – hukumat idoralari va korxonalar tomonidan foydalaniladigan veb platformaga qaratilgani aytilgan. Platformaning bulutli versiyasi — Microsoft 365 tarkibidagi SharePoint Online'ga bu ta’sir körsatmadi.

AQŞ Federal tergov byurosi (FTB) hujumlardan xabardor va federal va xususiy hamkorlar bilan yaqindan işlamoqda, deb yozadi The Washington Post (WP) gazetasi. Naşr mutaxassislarga tayanib, bu hujumni «nol kunlik hujum» deb atadi, çunki u avval noma’lum bölgan zaiflikni nişonga olgan.

AQŞning Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi agentligi (CISA) Microsoft dasturiy ta’minotidagi uşbu zaiflik hakerlarga SharePoint kontentiga, jumladan, fayl tizimlari va içki konfiguratsiyalarga töliq kiriş va tarmoq orqali özboşimçalik bilan kodlarni işlatiş imkonini berişi haqida xabar qildi. Hujum kölami va ta’siri hozirça baholanmoqda, deyiladi idora bayonotida.

Bloomberg eslatganidek, Microsoft yaqinda bir qator kiberhujumlarga uçradi. 2025 yil mart oyida kompaniya xitoylik hakerlarning AQŞ va boşqa mamlakatlardagi taşkilotlarga josuslik qiliş uçun masofadan boşqariş vositalari va bulutli ilovalarni maqsad qilgan faolligi haqida ogohlantirgan edi.