Jahon | 15:38 / 12.09.2024
6291
2 daqiqa o‘qiladi

O‘qishda qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkin? Olimlar javob berdi

Ma’lumotni yaxshiroq eslab qolish uchun faqat takrorlash shart emas. Bundan ham samaraliroq usul bor.

Foto: Getty Images

Ma’lumotni yaxshiroq eslab qolish va o‘rganishga yordam beradigan asosiy usul faqat takrorlashdan iborat emas. Illinoys universitetida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, buning uchun xilma-xil texnikalardan foydalangan ma’qul. Olimlar bunday yondashuv ham bolalarga, ham pensionerlarga yordam berishini ta’kidladi.

Mutaxassislar yangi ma’lumotni qanday qilib yaxshiroq eslab qolish mumkinligini sinab ko‘rishdi. Ularning ta’kidlashicha, yosh ulg‘aygan sari ishchi xotira ko‘pincha yomonlashadi. Shuning uchun tadqiqotda 60 yoshdan 87 yoshgacha bo‘lgan 90 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi.

Dastlab, ishtirokchilarning xotira qobiliyati tahlil qilindi. Ularga ma’lum harflarga oid turli mantiqiy va mantiqsiz jumlalarni o‘qish vazifasi berildi. Alifboni to‘g‘ri tartibda eslay olgan odamlarning xotirasi kuchliroq ekani aniqlandi.

Shundan so‘ng ko‘ngillilarga to‘rt hafta davomida xotirani yaxshilash uchun turli xil kognitiv vazifalar berildi. Ulardan bir guruhi faqat bitta mashqni bajardi.

Yana bir guruh esa turli vazifalarni bajardi, uchinchi guruhga ushbu ikki texnikani aralashtirib bajarish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, nazorat guruhi ham tashkil etildi. Tajribadan ma’lum bo‘lishicha, xilma-xil topshiriqlar eng tez progress olib keldi. Biroq eng yaxshi natijalarni aralash texnikani qo‘llagan guruh ishtirokchilari ko‘rsatdi, faqat ularga ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi.

Olimlarning ta’kidlashicha, yuqori natijalarga erishgan professional sportchilar, o‘tmishda xilma-xil sport turlari bilan shug‘ullangan bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday holat Nobel mukofoti sovrindorlari orasida ham kuzatiladi. O‘z asosiy sohasidan tashqarida faoliyat yuritadigan olimlarning mukofot olish ehtimoli ko‘proq. Tadqiqotchilarning fikricha, bunda yangi ish xilma-xil yondashuvning foydasi katta ekanini ko‘rsatadi.

Mavzuga oid