Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tencent internet giganti asoschisi Xitoyning eng badavlat insoniga aylandi
Tencent asoschisi Poni Maning boyligi 43,9 mlrd dollarga yetdi. Natijada u mamlakatdagi eng badavlat insonlar reytingida yana birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Foto: Getty Images
Xitoydagi Tencent internet giganti asoschisi Poni Maning boyligi 43,9 milliard dollarga yetdi. Natijada u mamlakatdagi eng badavlat insonlar reytingida yana birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Qayd etilishicha, DnF Mobile va Black Myth: Wukong. o‘yinlari hisobiga Tencent kapitalizatsiyasi yil boshidan beri 28 foizga oshgan.
Xitoydagi eng badavlat insonlar reytingida ikkinchi o‘rinni TikTok videoservisiga egalik qiladigan ByteDance Ltd kompaniyasi asoschisi Chjan Imin band etdi. Undan keyingi pog‘onadan Nongfu Spring qadoqlangan suvlarini ishlab chiqaruvchi Chjun Shanshan joy oldi.
2023 yil fevral oyida Xitoyda yuqori texnologiyalar sohasidagi yirik biznes-vositachi Bao Fan bedarak yo‘qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bao Fan China China Renaissance Holdings moliyaviy kompaniyasiga asos solgan bo‘lib, uning mijozlari ro‘yxatiga Tencent, Alibaba va Baidu kabi internet gigantlari ham kiradi. Kompaniya Xitoydagi texnologiya sohasidagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda bir hafta ichida uch mingga yaqin kishida chikungunya bezgagi aniqlandi
Jahon | 18:33
-
O‘rta Yer dengizi uzra maroqli sayr, afsonaviy qal’aga sayohat: Turkiyaning Alaniya shahridan fotoreportaj
Turizm | 18:30
-
Son Hyong Min 10 yillik faoliyatidan keyin «Tottenhem» bilan xayrlashdi
Sport | 18:12
-
Hindiston bosh vaziri Pokistonga tahdid qildi
Jahon | 18:09
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025