Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Intel Germaniyada 30 mlrd yevrolik zavodining qurilishini to‘xtatib qo‘ydi
Yarim o‘tkazgichlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ikkita zavoddan iborat majmuaning qurilishi Germaniya tarixida eng yirik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya bo‘lishi kutilayotgan edi.
Amerikaning Intel texnologik giganti Germaniyada chiplar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmuaning qurilishini to‘xtatib qo‘ydi. Kompaniya rahbari Pet Gelsinjyerning so‘zlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish ikki yilga kechiktiriladi.
Yarim o‘tkazgichlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ikkita zavoddan iborat majmuaning qurilishi Germaniya tarixida eng yirik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya bo‘lishi kutilayotgan edi: u 30 milliard yevroga baholangan, mablag‘larning uchdan bir qismi — 9,9 milliard yevroni Germaniya hukumati subsidiya shaklida taqdim etishga tayyor edi.
Shunga qaramay, hozirda yo‘qotishlarga uchrayotgan kompaniyaning xarajatlari ortib ketgan. «Biz raqobatbardosh xarajatlar tuzilmasini yaratish va 10 milliard dollar tejash maqsadimizga erishish uchun zudlik bilan harakat qilishimiz kerak», — deydi Gelsinjyer. Shuningdek, u Polshada ham mikrochiplar zavodini qurish to‘xtatilganini ma’lum qildi.
O‘z navbatida Germaniya iqlim himoyasi va iqtisodiyot vaziri Robert Xabek qurilishning kechiktirilishini korxonaning korporativ siyosatga aloqador ichki qarori ekanini bildirdi.
Germaniya hukumati Intel zavodini qurish uchun ajratiladigan mablag‘larni endi qayerga yo‘naltirishni muhokama qilmoqda. Shu bilan birga, Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner Intel loyihalari uchun mo‘ljallangan subsidiyani federal budjetning 12 milliard yevrolik defitsitini kamaytirishga yo‘naltirishni taklif qildi. «Intel uchun mo‘ljallangan barcha mablag‘lar hal etilmagan moliyaviy muammolarni qisqartirish uchun federal budjet zaxirasiga olinishi kerak», — deb yozadi Moliya vaziri rahbari o‘zining X tarmog‘idagi sahifasiga.
Germaniya kansleri Olaf Shols ham Intel uchun ajratiladigan davlat yordamining bir qismini budjetdagi kamchiliklarni yopishga yo‘naltirilishini istisno etmadi.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
11:06 / 09.08.2025
Tramp Intel rahbarini Xitoy bilan yaqinlashib ketganlikda ayblab, iste’fo berishga chaqirdi
07:20 / 28.07.2025
Intel Germaniyada chiplar zavodi qurishdan voz kechdi
12:02 / 24.02.2025