Jamiyat | 17:44 / 29.09.2024
4016
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanib davlatga 5,5 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura

Farg‘ona viloyatida noqonuniy tashkil etilgan korxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga juda katta zarar yetkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Marg‘ilon shahri “Kichik sanoat zonasi” hududidagi noturar joyda fuqaro T.M. va boshqalar oldindan jinoiy til biriktirib, noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil etgan.

So‘ng qo‘lbola gaz qurilmalarini (gorelka) o‘zboshimchalik bilan yer ostidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvuriga yashirish ravishda ulab, 5 mlrd 604 mln so‘mlik hajmi 2 mln 155 ming kub metr tabiiy gazni o‘g‘irlagan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqarolar T.M., K.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid