Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Siz bo‘lajak qahramonlarni tarbiyalaysiz" - Saida Mirziyoyeva o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi
"Bolalarimizga ilhom baxsh etish, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlab, bilim cho‘qqilariga yetaklash mahorati uchun Sizdan minnatdorman. Bayramingiz muborak bo‘lsin!" - deydi prezident yordamchisi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi.
"Bugun o‘zgacha kun. Men har safar shu kuni hayajon va samimiyat bilan Sizga minnatdorligimni izhor etaman.
Siz bo‘lajak qahramonlarni tarbiyalaysiz. Aynan Siz sababli ijodkor, orzulari katta, har qanday to‘siqlarni yengishga qodir jamiyat shakllanadi. Mamlakat kelajagining asosi bo‘lmish bilimli, aqlli, iste’dodli o‘g‘il-qizlar, Vatanni sevadigan, jahonni zabt etishga tayyor yoshlar – Sizning zahmatli faoliyatingiz samarasi", deb yozadi u.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda o‘qituvchilar mehnatini yengillatish, turmushini yanada farovon qilish hamda obro‘-nufuzini eng yuksak maqomga olib chiqish yo‘lida hamma ish qilinmoqda.
"Siz shunga munosibsiz! Teran zakovatingiz, cheksiz mehringiz dunyoni yaxshi tarafga o‘zgartirishda davom etsin. Bolalarimizga ilhom baxsh etish, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlab, bilim cho‘qqilariga yetaklash mahorati uchun Sizdan minnatdorman. Bayramingiz muborak bo‘lsin!" - deydi Saida Mirziyoyeva.
Mavzuga oid
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
17:38 / 10.07.2026
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
17:16 / 01.07.2026