Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ikkita tarixiy mahallada art-rezidensiyalar ochildi
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Toshkentda YuNESKOning Butunjahon merosi dastlabki ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy mahallalarda art-rezidensiyalar ochilganini ma’lum qildi.
«Kecha biz YuNESKOning Butunjahon merosi dastlabki ro‘yxatiga kiritilgan «Namuna» va «Hasti Imom» tarixiy mahallalarida art-rezidensiyalarning tantanali ochilish marosimini o‘tkazdik. Bu Toshkentning madaniy merosini asrab-avaylash va ijodiy muhitini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Qayd etilishicha, loyiha O‘zbekistonning barcha hududlari hamda boshqa mamlakatlarning ijodkor va hunarmandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Art-rezidensiya tajriba almashish, madaniyatlararo muloqot va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish platformasiga aylanadi.





Avvalroq O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan uchrashib, Samarqand shahridagi Bibixonim masjidini restavratsiya etish loyihasini muhokama qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil fevral oyi boshlarida Toshkent shahridagi mahallalar YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi dastlabki ro‘yxatiga kiritilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Eski shahar mahallalari madaniy qatlamlarini saqlab qolish bo‘yicha dastlabki qadamlar 2019 yilda, Venetsiya arxitektura biyennalesida taqdim etilgan «Mahalla: shahar va qishloq hayoti» loyihasi ishlab chiqilganda amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
17:38 / 10.07.2026
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
17:16 / 01.07.2026