Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Discord messenjeri Rossiyadan keyin Turkiyada ham bloklandi
Turkiya rasmiylari bolalar jinsiy zo‘ravonligi bilan bog‘liq jinoyatlar gumonlari tufayli Discord taqiqlanganini izohladi. Rossiyada bu messenjer Ukrainadagi rus qo‘shinlari tomonidan keng qo‘llangan.
Turkiya sudi Bosh prokuratura talabiga binoan Discord messenjerini bloklashga qaror qildi, dedi 9 oktyabr, chorshanba kuni mamlakat adliya vaziri Yilmaz Tunch. Uning bayonotida aytilishicha, messenjer bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik va odobsizlik bilan bog‘liq jinoyatlar gumonlari tufayli bloklangan. «Biz kelajagimiz kaliti bo‘lgan yoshlarimiz va bolalarimizni ijtimoiy tarmoqlar va internetdagi zararli, jinoiy nashrlardan himoya qilishga qat’iy qaror qildik», — deya Tunch so‘zlarini keltiradi Anadolu agentligi.
Rossiyada Discord bloklanishi
Bir kun oldin Discord Rossiyada bloklangan edi. Roskomnadzor messenjerga kirish «messenjerdan terroristik va ekstremistik maqsadlarda foydalanish, fuqarolarni yollash, giyohvand moddalarni sotishning oldini olish uchun zarur bo‘lgan» qonun talablari buzilganligi sababli cheklanganini bildirdi.
Idora, shuningdek, messenjerga taqiqlangan kontentni olib tashlash bo‘yicha talablar yuborilganini, biroq ba’zi materiallar o‘chirilmay qolayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, Discord kontentni olib tashlamaganlik uchun jarima to‘lash bo‘yicha sud qarorini e’tiborsiz qoldirdi, deya bildirdi regulyator.
Rossiyaning urush tarafdori bo‘lgan kanallar mualliflari va rossiyalik «harbiy muxbirlar» messenjerning bloklanishini tanqid qilishdi. Ular Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlari Discord'dan jangovar boshqaruv uchun foydalanayotganiga e’tibor qaratishdi va endilikda ba’zi qo‘mondonlik punktlari va shtablar dronlardan translatsiyasiz qolishi mumkinligini, Discord messenjeriga muqobil variant yo‘qligini ta’kidladilar.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026