FIFA reytingi. O‘zbekiston futzal milliy jamoasi JCh-2024dan keyin 10 pog‘ona pastladi
FIFA rasmiy sayti futzal bo‘yicha jahon chempionatidan keyin milliy jamoalarning reytingini yangiladi.

Foto: UFA
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi 10 pog‘ona pastladi. Xose Venansio Lopes boshqaruvida mamlakatimiz mezbonligida o‘tgan JCh-2024da guruhda qolib ketib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan futzalchilarimiz 11-o‘rindan 21-o‘ringa «sho‘ng‘ishdi». Top-30likda hech bir jamoa bu daraja katta pasayishga uchramagan.
Shunga qaramay, O‘zbekiston futzal jamoasi Osiyoda Eron (6-o‘rin), Tailand (11) va Yaponiyadan (13) keyingi 4-o‘rinda bormoqda.
Chempionlikka erishgan Braziliya 1-o‘rinda bo‘lsa, Portugaliya va Argentina uchlikdan joy olgan. Ispaniyada bir pog‘onaga pastlab 4-o‘ringa tushgan bo‘lsa, qo‘shni Qozog‘iston milliy jamoasi 3 o‘ringa yuqorilab, reytingda beshlikdan joy oldi.
FIFA reytingi. Oktyabr. Futzal.
1. Braziliya
2. Portugaliya
3. Argentina
4. Ispaniya
5. Qozog‘iston
6. Eron
7. Marokash
8. Rossiya
9. Ukraina
10. Fransiya
..21. O‘zbekiston.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston JCh-2024 A guruhida Niderlandiya bilan durang qayd etib, Paragvay va Kosta-Rikaga mag‘lub bo‘ldi va guruhda so‘nggi o‘rinni egallagandi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda sun’iy intellekt haqida qonun qabul qilinmoqda. Unda nima yozilgan?
O‘zbekiston | 20:54
-
YeI migrantlar qaytarib yuboriladigan yettita xavfsiz mamlakatni aniqlaydi
Jahon | 20:51
-
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
Jahon | 20:46
-
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston | 20:45
Mavzuga oid

18:22 / 03.04.2025
O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi

13:50 / 09.02.2025
Dilshod Rahmatov futzalchilik faoliyatini yakunladi

17:58 / 20.12.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston milliy jamoasi 2024 yilni 58-o‘rinda yakunladi

18:15 / 24.10.2024