JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 10 kishi qolgan BAAni penaltidan kiritilgan gol evaziga mag‘lub etdi
JCh-2026 hal qiluvchi saralash bosqich 4-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi maydonga tushdi.
JCh-2026 saralashi. 4-tur
O‘zbekiston – BAA – 1:0
Hakam: Ma Ning (Xitoy)
Gol: Otabek Shukurov, 76 penaltidan.
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 18.Abdulla Abdullayev (17. Bobur Abduxoliqov, 70), 23.Husniddin Aliqulov, 13.Sherzod Nasrullayev, 19.Azizbek Turg‘unboyev (3. Hojiakbar Alijonov, 60), 7.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov, 22.Abbosbek Fayzullayev (20. Hojimat Erkinov, 89), 14.Eldor Shomurodov
BAA: 17. Holid Eysa, 2. Abdulla Idris, 8. Taxnun Hamdam, 9. Harib Abdulla, 10. Yahyo Ali, 11. Kayo Kanedo, 12. Xalifa Muborak, 13. Muhammad Umar, 14. Abdulla Hamad, 16. Markus Vinisius, 19. Xolid Ibrohim
Chetlatish: Abdulla Hamad, 66 (BAA).
Toshkentda 30 mingdan ortiq tomoshabin qarshisida o‘tgan uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmagan bo‘lsa, 66-daqiqada mehmonlar vakili Abdulla Hamad maydondan chetlatildi. Shundan so‘ng maydon egalarining hujumlari xavfli ko‘rinish ola boshladi. 70-daqiqada Bobur Abduxoliqov zaxiradan maydonga tushgach, penalti ishladi. 11 metrlik nuqtaga dastlab Masharipov yaqinlashgan bo‘lsa, yakunda zarbani Otabek Shukurov yo‘llab, stadionni larzaga keltirdi – 1:0.
Yakunda ushbu natija o‘zgarmadi va bosh murabbiy Srechko Katanetssiz to‘p surgan O‘zbekiston milliy jamoasi muhim g‘alabaga erishdi. Bu BAA ustidan Toshkentda qo‘lga kiritilgan ilk g‘alabaga aylandi.
Guruhning qolgan uchrashuvlarida Qirg‘iziston KXDRni (1:0), Eron Qatarni (4:1) mag‘lub etdi.
4-turdan keyin Eron va O‘zbekiston 10 tadan ochko to‘plagan holda guruh jadvalida qo‘shhokimlik qilmoqda.
O‘zbekiston keyingi turlarni Qatar (14 noyabr) va KXDRga (19 noyabr) qarshi safarda o‘tkazadi.
Mavzuga oid
18:51 / 21.11.2024
Tahlil. Milliy jamoada «3-4-3»ni qanday ishlatyapmiz?
13:11 / 21.11.2024
We Global Football: O‘zbekiston Osiyodan JCh-2026ga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqish uchun 4-da’vogar
15:20 / 20.11.2024
«Ikki qutbli jamoa». Natija, o‘yin, iste’fo va imkoniyatlar haqida
01:45 / 20.11.2024