Tesla aksiyalari ijobiy prognozlar fonida 20 foizga qimmatlashdi
23 oktyabr kuni asosiy sessiya yopilganidan keyin Tesla 2024 yil uchinchi chorak uchun moliyaviy natijalarini e’lon qildi. Kompaniya ko‘rsatkichlari tahlilchilar kutganidan ham yaxshiroq chiqdi.

Foto: Inspired
Nasdaq birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tesla aksiyalari 24 oktyabr kuni 20,05 foizga qimmatlashib, har bir qimmatli qog‘oz narxi 256,5 dollarga chiqdi.
23 oktabr kuni asosiy sessiya yopilganidan keyin Tesla 2024 yil uchinchi chorak uchun moliyaviy natijalarini e’lon qildi. CNBC’ning yozishicha, kompaniya ko‘rsatkichlari tahlilchilar kutganidan ham yaxshiroq chiqqan:
uchinchi chorakdagi daromad o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 foizga oshgan — 25,18 milliard dollar;
- operatsion xarajatlar 6 foizga qisqargan — 2,28 milliard dollar;
- EBITDA ko‘rsatkichi 24 foizga oshgan — 4,67 milliard dollar;
- erkin pul oqimi 223 foizga ko‘tarilgan — 2,74 milliard dollar;
- avtomobil yetkazib berish 6 foizga ko‘paygan — 462,89 ming donagacha.
Investorlar bilan muloqot davomida Tesla rahbari Ilon Mask Cybertruck elektromobilini ishlab chiqarish joriy yilda ilk bor foydaga kirganini ma’lum qilgan. Tadbirkor kelgusi yilda ushbu modeldagi avtomobillar savdosi 20-30 foizga oshishini prognoz qilmoqda. Shuningdek, u 2025 yildan Kaliforniya va Texasda taksi servisini ishga tushirish bo‘yicha nazorat organlaridan ruxsat olishiga ishonch bildirgan.
Goldman Sachs Goldman Sachs tahlilchisi Mark Delanining so‘zlariga ko‘ra, kelajakda Tesla’ning muvaffaqiyati birinchi navbatda kompaniya avtopilotga ega avtomobillarni ishlab chiqarish borasidagi va’dasini bajarishiga bog‘liq bo‘ladi. Delani Tesla’ning aksiyalari 250 dollar atrofida bo‘lishini ta’kidladi. Ammo Morgan Stanley boshqaruv direktori Adam Jonas esa kompaniya aksiyalari 310 dollarga chiqishi mumkinligini aytmoqda.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
O‘zbekiston | 13:15
-
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi
Iqtisodiyot | 12:27
-
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 12:20
-
Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:07
Mavzuga oid

13:16 / 24.03.2025
Mask tufayli Tesla deyarli yarim qiymatini yo‘qotdi

09:12 / 23.03.2025
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilyapti?

07:44 / 19.03.2025
Tesla Cybertruck yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatdi - mashinaning kuzov qismlari uzilib tushmoqda

16:53 / 11.03.2025