Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston bo‘yicha 28 oktyabr - 1 noyabr kunlariga ob-havo prognozi berildi.

Foto: Kun.uz
Bugun O‘zbekiston hududi sovuq va nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, kunning birinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam. Havo harorati kunduzi +8...+13 darajadan ko‘tarilmaydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 8-10 darajaga pastdir.
Ertaga O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +0...+5 darajagacha, ba’zi joylarda -2 darajagacha pasayadi, kunduzi +10...+15 darajagacha biroz ko‘tariladi.
Chorshanba kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Sovuq havo massasi mamlakat hududidan chekina boshlaydi, harorat kechasi +2...+7 darajagacha, kunduzi +12...+17 darajagacha ko‘tariladi.
Payshanba va juma kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Havo harorati kechalari +2...+7 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari +15...+20 darajagacha ko‘tariladi.
28-30 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman tushishi kuzatiladi. 28-30 oktyabrda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Poytaxtda bugun kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi +10...+12 darajadan ko‘tarilmaydi.
Ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+5, kunduzi +12...+14 daraja bo‘ladi.
30 oktyabrda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4...+6, kunduzi +13...+15 daraja bo‘ladi.
31 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4...+6, kunduzi +16...+18 daraja bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning ehtiyotsizligi AQSh fond bozorini qulatdi - AQShda krizis xavfi bormi?
Jahon | 09:00
-
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 08:50
-
AQShga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor
Jahon | 08:37
-
AQSh Tramp buyrug‘idan keyin Yamandagi husiychilarga aviazarbalar bermoqda
Jahon | 07:48
Mavzuga oid

10:47 / 15.03.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

12:37 / 14.03.2025
Hafta oxirida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

11:04 / 11.03.2025
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

10:23 / 08.03.2025