Tana harorati 36,6 °C bölişi kerak, degan gap mif. Har kimda şaxsiy me’yor şakllanadi, u örtaça 35,9 dan 37,2 °C gaça özgarib turadi.
Şifokorga qaçon boriş kerak?
Tana uçun qanday harorat normal hisoblanişi aniqlab olingandan söng, qaysi holat xavotirga sabab bölişini tuşuniş osonroq böladi.
Tana harorati 34,9 dan 35,2°C gaça bölsa
Agar kişida qalqonsimon bez muammolari (gipotireoz) kuzatilsa, yaqinda antibiotiklar bilan davolangan bölsa, radiatsiya ta’siriga uçragan yoki içkilikbozlikdan keyin özini yomon his qilayotgan bölsa, harorat ölçagiç ustuni şunday past körsatkiçga tuşişi mumkin. Har qanday holatda ham darhol kasalxonaga boriş tavsiya etiladi.
Termometr körsatkiçlari 34,9°C dan past bölsa, bu tez yordam çaqiriş uçun jiddiy sabab hisoblanadi.
Tana harorati 35,3 dan 35,8°C gaça bölsa
Bunday raqamlar odamda surunkali çarçoq sindromi yoki jiddiy tuşkunlik rivojlanayotganidan darak beradi. Hissiy muammolardan taşqari, termometr ustunidagi uşbu körsatkiçlar jigar yoki öt pufagi bilan boğliq muammolarga yoxud qandli diabetning dastlabki bosqiçi boşlanganiga işora qilişi mumkin.
Mutaxassisga murojaat qiliş zarur. Bunda ovqatlaniş tartibini qayta körib çiqiş, köproq uxlaş va tez-tez sport bilan şuğullanişni maslahat berilişi mumkin. Lekin bu xavfli kasallikning dastlabki alomatlarini ötkazib yuborişdan afzalroq, çunki asoratlarning oldini oliş uçun davolaşni iloji boriça ertaroq boşlaş kerak.
Tana harorati 35,9 dan 36,9°C gaça bölsa
Siz soğlomsiz, termoregulyatsiyangiz ham yaxşi işlayapti.
Tana harorati 37,0 dan 37,3°C gaça bölsa
Çegaradagi holat. Bunday körsatkiçlar zararsiz sauna, issiq vannaga tuşiş, sport zaliga boriş yoki aççiq taom iste’mol qilişdan keyin kuzatilişi mumkin. Agar yuqorida sanab ötilgan narsalarning heç biri bilan şuğullanmagan bölsangiz, bu qalqonsimon bez muammolarining (gipertireoz) dastlabki alomatlari yoki surunkali kasallik belgilari bölişi mumkin. Içki qon ketiş, tiş oğriği yoki zaharlaniş holatlarida ham termometr ustuni xuddi şunday darajaga kötariladi.
Şifoxonaga taşrifdan oldin isitma tuşiruvçi vositalarni qöllamagan ma’qul, bu aniq taşxis qöyişga tösqinlik qiladi.
Tana harorati 37,4 dan 40,2°C gaça bölsa
Sizga şifokorning şoşilinç yordami kerak. Mutaxassis körigidan oldin dorilarni qabul qiliş yoki qilmaslik ixtiyoriy. Immunitet tizimining kasallik bilan kuraşişiga “xalaqit bermaslik” uçun 38 °C dan pastroq bölgan haroratga tegmaslik tavsiya etiladi. Agar sizda surunkali kasalliklar bölmasa, soğliğingizga zarar yetkazmasdan şifoxonaga taşrif buyurgunça çidaşingiz mumkin. Ba’zi nevrologik va ruhiy kasalligi bor odamlar ehtiyot bölişi lozim: ularda tutqanoq xurujlari boşlanişi mumkin.
Harorati 40,2 °C dan yuqori bölgan odam şoşilinç yordamga muhtoj, çunki bu uning hayotiga bevosita tahdid soladi.
Haroratni qayerdan va nima bilan ölçaş kerak?
Simobi eskirib qolgan termometrlar unçalik aniq emas va hatto xavfli bölişi mumkin, şuning uçun elektron termometr sotib olgan yaxşi. Bolalikdan ma’lum bölgan usul — uni qöltiq ostiga qöyiş. Bu qulay, ammo unçalik işonçli emas.
Oğizda ham haroratni ölçaş mumkin, lekin har safar termometrni dezinfeksiya qilişga töğri keladi. Oğiz böşliğida termometr qöltiqqa nisbatan yarim daraja yuqori körsatişini yodda tuting. Ölçaşdan yarim soat oldin çekiş, spirtli içimliklar iste’mol qiliş, issiq ovqat yeyiş va içiş mumkin emas.
Haroratni töğri içakda ölçaş eng aniq natija beradi. Olingan natijadan yarim daraja ayirib taşlanadi. Sport maşğulotlari yoki issiq hammom termometr körsatkiçlarini özgartirib yuborişi mumkin. Quloqda harorat ölçaş eng maqbul usul, ammo bu jarayon uçun maxsus termometr talab etiladi.











