O‘zbekiston eksportida xususiy sektor ulushi 60 foizga yetkaziladi
Xitoyning "Lookwe jurnalida O‘zbekiston eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlamoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Foto: lookwe.com
Nashrda eksport ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va yalpi ichki mahsulot hajmini oshirish imkonini beruvchi iqtisodiy omil ekanligi urg‘ulangan. "Shu bois har bir davlat o‘z mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksport qilishni ko‘paytirishga intilayotgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi. Ushbu maqolada biz O‘zbekistondagi eksportchilarni bevosita qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ko‘rib chiqamiz", – deb yozadi muallif.
Mamlakatda eksportni qo‘llab-quvvatlash "O‘zbekiston – 2030" strategiyasida belgilangan – eksportdagi xususiy sektor ulushini 60 foizga yetkazish maqsadiga qat’iy amal qilgan holda tizimli asosda amalga oshirilmoqda.
So‘nggi olti yilda O‘zbekistonning eksport geografiyasi 33 ta yangi davlatga kengayib, tashqi bozorlar sonini 115 taga yetkazdi. O‘zbekiston mahsulotlari ilk bor Peru, Panama, Meksika, Dominikan Respublikasi, Argentina, Albaniya, Serbiya, Finlandiya, Lyuksemburg va boshqa davlatlar bozorlariga chiqdi.
Lookwe nashri O‘zbekistonda keyingi yillarda eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi doirasida tadbirkorlik sub’yektlarini eksport faoliyatiga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlaydi.
"Misol uchun, o‘tgan yili 3 mingga yaqin mahalliy korxona eksport faoliyatiga qo‘shilgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 2 ming 450 ta korxona ilk bor tashqi bozorga chiqib, umumiy qiymati 1 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi", – deyilgan manbada.
Qayd etilishicha, kompleks ishning yana bir komponenti – bu qulay tartibga solish muhitini yaratishdir. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda eksport faoliyatini soddalashtirish va rag‘batlantirishga qaratilgan muhim me’yoriy-huquqiy o‘zgarishlar qabul qilindi. Yuqorida ta’kidlanganidek, ish tizimli asosda olib borilmoqda. Strategik maqsad va vazifalar belgilab olindi, normativ-huquqiy baza shakllantirildi.
Maqola quyidagi fikrlar bilan yakunlanadi: "Umuman olganda, O‘zbekistonda eksportni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar 2030 yilgacha Milliy strategiyada belgilangan hajmlarga erishishni ishonchli prognoz qilish imkonini bermoqda".
Mavzuga oid

10:24 / 22.04.2025
O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga o‘rik danagi mag‘zi eksporti yo‘lga qo‘yildi

16:07 / 18.04.2025
1 iyuldan birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi

14:13 / 17.03.2025
Tabiiy gazdan go‘shtgacha – 86 turdagi tovarlarga eksport boji joriy etildi

09:51 / 17.03.2025