Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShning 28 ta mudofaa kompaniyasiga qarshi cheklov kiritdi
XXR «milliy xavfsizlik va manfaatlarni ta’minlash yo‘lida» Qo‘shma Shtatlarning qator kompaniyalariga ikki tomonlama maqsadli tovarlarni yetkazib bermaydi.
Foto: Reuters
Xitoy Savdo vazirligi AQShning 28 ta mudofaa kompaniyasiga ikki tomonlama maqsadli tovarlar yetkazib berilishiga taqiq qo‘ydi, deb xabar beradi South China Morning Post.
«Milliy xavfsizlik va manfaatlarni ta’minlash yo‘lida hukumat eksport nazorati hamda ikki tomonlama maqsadli tovarlarni tartibga solish qonuni asosida ushbu choralarni qabul qildi», — deyiladi idora xabarida.
Savdo vazirligining aniqlik kiritishicha, hukumat yadroviy qurolni tarqatmaslik ustidan nazoratga rioya qilish doirasida ham mazkur qadamni tashlagan. Savdo cheklovlariga tushganlar orasida General Dynamics, Boeing Defence, Space & Security, Lockheed Martin Corporation, Raytheon Missiles & Defence kabi firmalar ham bor.
Bundan tashqari, XXR Savdo vazirligi 2 yanvar kuni yana bir bayonotni e’lon qilgan bo‘lib, unda o‘nlab chet el mudofaa kompaniyalari Tayvan hukumatini qurollanish bilan ta’minlagani bois ishonchsiz kontragentlar ro‘yxatiga kiritilgan.
AQSh Tayvan hukumatini harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab keladi. O‘z navbatida Xitoy Amerika qurollarining yekazib berilishiga qarshi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr boshlarida XXR harbiy sanoatga bog‘liq 13 Amerika kompaniyasi, shuningdek, olti nafar top-menejerga qarshi sanksiyalar joriy etilgandi va Pekin buni Tayvanga qurol sotilayotgani bilan izohlagan.
Mavzuga oid
16:18 / 21.02.2026
Xitoy dronlarni Rossiyaga Tailand orqali yetkazib berishni boshladi
07:33 / 21.02.2026
Kelajak shakli: Xitoyda 2026 yilda bitadigan 12 yirik loyiha
08:00 / 20.02.2026
Xitoyning 2025 yilgi savdo xaritasi: AQSh yetakchi, Osiyo tezlashmoqda
17:11 / 18.02.2026