Unda Özbekiston viloyatlari hokimliklarining eksportga mas’ul bölgan bölinmalari, Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi mas’ullari hamda yetakçi eksportyorlar iştirok etdi.
Iştirokçilarga Britaniyaga eksport qiliş jarayonida tarif va notarif tösiqlarni yengib ötiş, tovarlarni öraş, qadoqlaş, belgilaş (markirovka), sertifikatlaştiriş, havo va avtomobil transporti bilan taşiş va boşqa talablar töğrisida batafsil ma’lumot berildi.
2024 yil yanvar-noyabr oylarida Özbekistondan Britaniyaga eksport hajmi 2023 yilning şu davriga nisbatan 105 foizga oşdi va 133,6 million AQŞ dollarini taşkil etdi. Joriy yilda ilk bor eksport körsatkiçlarining ösişi va importning kamayişi kuzatildi. Hozirgi kunda Özbekiston korxonalari tomonidan 30 xil turdagi mahsulotlar Buyuk Britaniyaga eksport qilinmoqda.







