Tramp jamoasini şakllantirmoqda. Sönggi tayinlovlardan uning ikkinçi muddati qanday bölişini biliş mumkinmi?
|17:05 / 15.11.20249 95010 min
Saylovlardagi ğalabasidan bir hafta ötib, Donald Trampning Oq uydagi ikkinçi muddatining konturlari közga taşlana boşladi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Saylangan prezident allaqaçon öndan ortiq tayinlovlarni amalga oşirib böldi va bu Oq uy hamda hukumatning muhim idoralari ştatini şakllantiriş böyiça dastlabki qadamdir. Tramp ommaviy axborot vositalari hamda özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bildirgan bayonotlarida yanvar oyida lavozimga kirişganidan keyingi ustuvor yönalişlarini belgilab, immigratsiya va taşqi siyosatga urğu qaratgan.
Birinçi muddatidagi xaotik boşlanişdan farqli ölaroq, Tramp bu safar aniqroq reja hamda uni amalga oşirişga tayyor bölgan odamlar bilan keyingi ma’muriyati uçun poydevor qöymoqda.
BBC şarhlovçisi Entoni Zurker hozirgaça nimalar ma’lumligi haqida fikr yuritdi.
Immigratsiya böyiça qattiqqöl jamoa
Trampaning sönggi tayinlovlaridan ayrimlari saylangan prezidentning saylovdan oldin AQŞda yaşovçi millionlab noqonuniy migrantlarni deportatsiya qiliş haqida aytgan sözlari mubolağa emasligini körsatmoqda.
2015 yildan buyon Trampning yaqin maslahatçisi hamda spiçrayteri hisoblanadigan Stiven Miller Oq uy ma’muriyati rahbarining siyosiy masalalar böyiça örinbosari sifatida tanlandi. U, katta ehtimol bilan, ommaviy deportatsiya böyiça rejalarni tuzadi hamda noqonuniy immigratsiyani ham, qonuniy immigratsiyani ham qisqartiriş bilan şuğllanadi. Trampning oldingi prezidentligi davrida Miller ma’muriyatning eng qat’iy migratsiya siyoatini işlab çiqişda iştirok etgandi.
Trampning birinçi muddatida Immigratsiya va bojxona nazorati agentligi direktori vazifasini bajargan Tom Homan prezidentning AQŞ va Meksika çegarasida qölga olingan muhojir oilalarni ajratiş töğrisidagi siyosatini (bolalar ota-onalaridan tortib olingan va maxsus izolyatorlarga yuborilgan – tahr.) qöllab-quvvatlagan. Endi u ham işga qaytdi va Trampning «çegara hukmdori» sifatida yanada kengroq vakolatlarga ega böladi.
«Men bu mamlakat tarixidagi eng keng kölamli deportatsiyaga rahbarlik qilaman», — degan Homan konservatorlarning iyul oyidagi konferensiyasida.
Tanqidçilar Trampning ommaviy deportatsiyasi 300 milliard dollardan ortiqqa tuşişi muminligidan ogohlantirgan. Ammo ötgan haftada NBC News uçun bergan intervyusida saylangan prezident xarajat muammo bölmasligini aytdi.
Mavzuga oid
«Qotillik qilgan odamlar, öz mamlakatini vayron qilgan narkobaronlar endi öşa yerlarga qaytişadi, çunki bu yerda qolişmaydi. Va buning narxi yöq», — degan u.
Qirğiylar parozi
Köplab konservativ siyosatçilar Xitoyni AQŞning iqtisodiy va harbiy jihatdan global hukmronligi uçun asosiy va yagona tahdid deb biladi. Trampning özi bu masalaga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondaşib, Xitoyga hujumlarining asosiy qismini savdo sohasida uyuştirgan bölsa-da, u öz taşqi siyosat jamoasini Xitoyning aşaddiy tanqidçilaridan tuzmoqda.
Saylangan prezident floridalik kongressmen, iste’fodagi polkovnik Maykl Uoltsni özining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi uçun tanladi — bu Oq uyda taşqi siyosat sohasidagi muhim lavozimdir. Uolts AQŞ Xitoy bilan sovuq uruş holatida ekanini aytgan va AQŞni Pekindagi 2022 yilgi qişki Olimpiya öyinlarini boykot qilişga çaqirgan birinçi kongressmenlardan biri bölgandi.
Tramp tomonidan AQŞning BMTdagi doimiy vakili sifatida tanlangan kongressvuman Eliz Stefanik oktyabr oyida Xitoy tomonidan qöllab-quvvatlanadigan hakerlar sobiq prezidentning telefonidagi ma’lumotlarni yuklab olişga harakat qilayotgani haqidagi xabarlar fonida uşbu mamlakatni «saylovga oçiqçasiga va ğarazli maqsadda aralaşiş»da aybladi.
Tramp hali davlat kotibi lavozimi uçun nomzodini rasman e’lon qilmagan bölsa-da, Xitoy masalasidagi yana bir yana bir «qirğiy» sanalgan floridalik senator Marko Rubio — uşbu eng yuqori diplomatik lavozim uçun asosiy da’vogar. 2020 yilda Rubio Hongkongdagi demokratiya tarafdorlari namoyişlari bostirilgani uçun Xitoyni jazolaşni taklif qilgani ortidan Pekindagi hukumat tomonidan sanksiyalarga yöliqqandi.
Trampning oldingi prezidentligi davrida AQŞ va Xitoy munosabatlari savdo böyiça kelişmovçiliklar hamda koronavirus pandemiyasi tufayli tez-tez yomonlaşib turardi. Jo Bayden ma’muriyati Tramp tomonidan Xitoyga nisbatan joriy etilgan bojlarning köpçiligini saqlab qolgani, şuningdek, ayrim yangilarini joriy etgani esa tabiiyki vaziyatni yumşatmadi.
Aftidan, Trampning yangi ma’muriyati uning birinçi muddati sönggida töxtagan joyidan davom etadi.
Maskning yangi roli
Trampning siyosiy tayinlovlari röyxati kengaygani sari yana bir guruh hosil bölmoqda — katta emas, ammo nihoyatda katta ta’sirga ega.
Dunyodagi eng badavlat odam bölgan Ilon Mask doimo Trampning Mar-a-Lagodagi qarorgohida (bu yer ötiş davri hukumati ştab-kvartirasiga aylantirilgan) bölib turibdi. OAVdagi xabarlarga köra, u saylangan prezidentga vazirlik lavozimiga nomzodlar borasida maslahatlar bermoqda va hatto Trampning Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan ötgan haftada ötkazilgan telefon muloqotiga ham qöşilgan.
Seşanba kuni keçqurun Tramp Maskka texnologiyalar sohasidagi tadbirkor, respublikaçilar praymerizida prezidentlikka nomzod sifatida kuraşgan Vivek Ramasvami bilan Hukumat samaradorligi departamentida (DOGE) hamkorlikda işlaşni topşirganini ma’lum qildi. Uşbu juftlikka budjetdagi yangi qisqartirişlar amalga oşirilişi mumkin bölgan sohalarni aniqlaş topşirilgan.
Mask öziga tegişli bölgan X media platformasi orqali muntazam ravişda özining siyosiy qaraşlarini bildirib kelgan. Xususan, u floridalik senator Rik Skottning Senatdagi köpçilik rahbari bölişga intilişlarini qöllab-quvvatlagan.
Mask tomonidan tuzilgan siyosiy harakatlar qömitasi Trampning prezidentlik kampaniyasiga 200 million dollar atrofida mablağ sarfladi va milliarder yangi prezidentning kun tartibini qöllab-quvvatlaş hamda ikki yildan keyin Kongress uçun ötkaziladigan oraliq saylovlarda Respublikaçilar partiyasi nomzodlariga yordam körsatiş uçun qömita faoliyatini moliyalaştirişni davom ettirişga va’da bergan.
Bu vaqtda esa yana bir muhim figura — kiçik Robert Kennedi qanday lavozim olişi hozirça noma’lum.
Tramp saylovda mustaqil nomzod sifatida iştirok etişdan voz keçib, respublikaçilar nomzodini qöllaşga qaror qilgan sobiq demokrat va antivakserga soğliqni saqlaş tizimidan iş topib berişni möljallagan, u tizimda «Amerikani yana soğlom qilamiz» şiori ostida harakat qiladi.
«U nimadir qilişni istaydi va biz unga buning uçun imkon beramiz», — degandi Tramp saylovlardagi ğalabasini e’lon qilgan nutqida.
Prezident hokimiyati Kongressga zarar yetkaziş hisobiga mustahkamlanadimi?
Tramp lavozimiga kirişgan çoğda, respublikaçilar Senatda ham, Vakillar palatasida ham köpçilikni taşkil etadi. Ammo saylangan prezidentning dastlabki qadamlari u qonunçilar bilan işlaşdan köra özining prezidentlik hokimiyatini kuçaytirişga e’tibor qaratganini körsatadi.
Ötgan haftada u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Senatdagi respublikaçilar rahbariyati kelgusida prezidentlik tayinlovlari moneliksiz amalga oşirilişga zamin hozirlaşi lozimligini aytdi, bu unga Kongress majlisini ötkazmasdan, Senat roziligisiz ham yuqori darajadagi ma’muriy lavozimlarni taqsimlaşga imkon beradi.
Bu qadam Kapitoliy tepaligidagilarning siyosiy tayinlovlarni muhokama qiliş va nomzodlarni ma’qullaşdagi konstitutsiyaviy roliga putur yetkazib, prezidentlik hokimiyatini mustahkamlaydi.
Ma’muriy lavozimlarga ötayotgan senatorlar özlari mansub bölgan ştatlardagi gubernator lavozimiga yangi nomzodni tayinlaş orqali tezda almaştirilişi mumkin. Ammo Vakillar palatasidagi har qanday vakansiya – masalan, Stefanik (BMTdagi doimiy vakillikka) va Uolts (prezidentning milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga nomzod) ketişi natijasida yuzaga keladi – maxsus saylovlarni talab qiladi, ularni rejalaştiriş uçun esa oylar ketişi mumkin.
Trampning ayrim maslahatçilari, jumladan Mask, agar ikki partiyadan ham keragidan ortiq respublikaçilar ma’muriy tayinlovlar uçun olib ketilsa, u öz qonunçilik dasturini xavf ostida qoldirişi mumkinligidan ogohlantirgan.
Kongressda hatto eng yaxşi şaroitlarda ham qonunlarni qabul qiliş vaqt, kuç va murosani talab qiladi. Yangi immigratsiya nazorati çoralarini joriy etiş kabi ijro hujjatlari esa prezident ruçkasini bir qimirlatişi orqali joriy etilişi mumkin.
Trampning sönggi harakatlari şuni körsatmoqdaki, u heç bölmaganda hozirgi pallada ikkinçi holatga köproq e’tibor qaratmoqda.
Sadoqat uçun mukofot
Tramp yangi prezidentlik ma’muriyati kelişi bilan yaratiladigan minglab vakansiyalarni töldirişni endigina boşladi, u yuqori martabali byurokratlarni ham almaştirişni niyat qilgan.
2016 yilda, u hali siyosatda yangiligida muhim pozitsiyalar uçun Amerika isteblişmentidagi respublikaçilarga köproq tayanişiga töğri kelgandi. Bu safar uning ixtiyorida unga öz sodiqligini isbotlagan köplab salohiyatli nomzodlar mavjud. Bundan taşqari, ötgan sakkiz yil davomida isteblişmentdagi respublikaçilarning ham köpçiligi uning sodiq tarafdorlariga aylanişdi.
Seşanba kuni Tramp Janubiy Dakota gubernatori Kristi Noem içki xavfsizlik vaziri, Fox News teleboşlovçisi hamda konservativ muallif Pit Hegset — mudofaa vaziri bölişini e’lon qildi. Ularning ikkisi ham doimo Trampning yorqin tarafdorlari bölişgan.
Rubio va Stefanik kabilar prezidentlik kampaniyasi boşida Trampni tanqid qilişgan, ammo keyin bir neça yilni özining bunday sözlari ötmişda qolganini namoyiş etişga sarflaşgan.
Amm 2016 yilda partiya praymerizida prezidentlikka nomzod böliş uçun Tramp bilan kuraşgan Marko Rubioda hali ham Oq uy egasi böliş ambitsiyalari bölişi mumkin. Tramp oldingi prezidentligida tez-tez özidan köra köproq jamoatçilik e’tibori markazida turibdi deb hisoblagan odamlaridan ğazablanar va eng iliq munosabatlar ham buzilardi.
Dastlabki tayinlovlariga qaraganda, Tramp sodiqlikni birinçi öringa qöyayotgan bölişi mumkin, ammo faqatgina mamlakatni boşqariş bosimiga qançalik doş bera oliş qobiliyati uning ikkinçi muddati oldingisidan farq qilişi yoki qilmasligini çinakamiga körsatib beradi.