Ukrainadagi uruşni tugatiş şartlari böyiça Amerika va Ukraina delegatsiyalari örtasidagi muzokaralar yakşanba, 30 noyabr kuni keçqurun Floridada yakunlandi.
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio ularni «juda samarali» deb atadi, biroq Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga barham beriş uçun yana köproq iş olib boriş kerakligini qayd etdi. «Biz Jyenevadagi (muzokaralar – tahr.) natijalariga asoslangan, şu haftadagi voqealarni inobatga olgan holda yana bir juda samarali sessiya (muzokara – tahr.) ötkazdik, — dedi Davlat departamenti rahbari. — Biroq hali yana köproq iş qilişimiz kerak». U, şuningdek, bahsli masalalarni hal etişda Rossiya «tenglamadan örin olişi» lozimligini qöşimça qildi. Rubio şuningdek, 1 dekabr kuni AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Moskvaga jönaşini tasdiqladi.
Davlat kotibi jurnalistlarga aytişiça, Amerika va Ukraina delegatsiyalari uçraşuvida faqat uruşni töxtatiş şartlari emas, balki uzoq muddatli xavfsizlik masalalari ham muhokama qilingan.
«Biz Ukrainaga xavfsizlikni abadiy ta’minlaşga yordam berişni istaymiz. Va yana bir muhim jihat şundaki, biz u yerda haqiqiy farovonlikning yangi davri boşlanişini istaymiz», — dedi u.
Öz navbatida Ukraina delegatsiyasi rahbari, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi (SNBO) kotibi Rustem Umerov muzokaralarni «samarali va muvaffaqiyatli» deb atadi.
«Bizning maqsadimiz — farovon, kuçli Ukraina, — dedi u jurnalistlar bilan suhbatda. — Biz Ukraina uçun muhim bölgan barça masalalarni muhokama qildik. Va AQŞ juda kuçli qöllab-quvvatlaş körsatdi». Umerov Rubio kabi, Floridadagi uçraşuv asosida Ukraina va AQŞ örtasida Jyenevada ötgan muzokaralar turganini eslatib ötdi.
Umerov aytişiça, u AQŞ bilan pozitsiyalar yaqinlaşgani haqida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga hisobot bergan. «Tinçlikka erişiş yölida va pozitsiyalarimizni amerikalik şeriklarnikiga yaqinlaştirişda sezilarli siljişlar bor», — deb yozdi u özining Telegram-kanalida. SNBO kotibi Kiyevning xavfsizlik, suverenitet va işonçli tinçlik kabi asosiy maqsadlari özgarmasligini, ularni AQŞ tomoni ham qöllab-quvvatlaşini ta’kidladi.
Floridada Amerika va Ukraina delegatsiyalari örtasidagi muzokaralar «qattiq, ammo juda konstruktiv» bölgan, deb xabar berdi CNN telekanali manbaga tayanib. Suhbatdoşning sözlariga köra, tomonlar Rossiya–Ukraina nizosini tartibga soliş böyiça «eng jiddiy masalalar»ni muhokama qilgan. The Wall Street Journal gazetasi yozişiça, muzokaralarning asosiy mavzulari orasida hududiy masalalar va Ukrainada saylovlar ötkaziş ham bölgan.













