JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston Shimoliy Koreya bilan o‘yinda 10 kishi qolib, qiyin g‘alabaga erishdi
Abbosbek Fayzullayevning goliga qaramay, ikkinchi bo‘limda guruh autsayderiga qarshi hisobni saqlab qolish uchun o‘ynagan Srechko Katanets shogirdlari 83-daqiqada maydonda kamchilik bo‘lib qolishdi. Toshkentdagi o‘yinda bo‘lgani kabi darvozabon O‘tkir Yusupov bu safar ham penaltini qaytarib, milliy jamoaning qiyin bahsdagi juda muhim g‘alabasini saqlab qoldi.
JCh-2026 hal qiluvchi saralash bosqich 6-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Laosda Shimoliy Koreyaga qarshi o‘ynab, qiyinchilik bilan juda muhim g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvdan oldin jarohat sababli Eldor Shomurodov va Otabek Shukurov maydonga tusha olmasligi ma’lum edi, shu bois tarkibda o‘zgarishlar bor edi.
Birinchi bo‘limda vakillarimiz raqibdan biroz ustunlik qilishdi va bo‘lim yakunda Abbosbek Fayzullayevning yo‘llagan zarbasi jamoamizni tanaffusga g‘olib sifatida yo‘l olishini ta’minladi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limda esa Srechko Katanets shogirdlari hisobda oldinda bo‘lishiga qaramay, guruh autsayderiga qarshi ikkinchi raqam ostida harakat qilishdi va koreyslar sekin-asta o‘yin nazorati va ustunlikni qo‘lga olishdi. Oxir-oqibat 83-daqiqada o‘zbekistonlik muxlislar xavfsiragan vaziyat yuz berdi. Bosh hakam Umarbek Eshmurodovning qo‘polligini VAR orqali tekshirib, uni maydondan chetlatdi. 10 kishi qolgan jamoamiz darvozasiga esa penalti belgilandi. Baxtimizga darvozabon O‘tkir Yusupov 11 metrlik jarima zarbasini qaytarishga muyassar bo‘ldi. U 1-davrada Toshkentda o‘tgan bahsda ham koreyslarning penaltidan yo‘llagan zarbasini bartaraf eta olgandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi Qatardan keyingi ikkinchi safar o‘yinida g‘alabani saqlab qolishga erishdi va guruhda 13 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Peshqadam Eron bugun Qirg‘iziston mehmoni bo‘ladi, BAA va Qatar esa o‘zaro maydonga tushadi. O‘zbekiston navbatdagi turni keyingi yilning mart oyida Toshkentda Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazadi.
JCh-2026 saralashi.
A guruhi. 6-tur
KXDR – O‘zbekiston - 0:1
Hakam: Ahmad Al Ali (Kuvayt)
VAR: Abulloh Jamoliy (Kuvayt)
Gol: Abbos Fayzullayev, 44.
KXDR: 1.Kang Ju Xyok, 3.Jang Kuk Chol, 4.Kim Pom Xyok, 9.Ri Jo Guk (11.Jon Il Gvan, 70), 10.Xan Kvang Song, 13.Ri Il Song, 14.Choe Ok Chol, 15.Ri Un Chol, 16.Kim Yu Song, 17.Kang Kuk Chol, 20.Paek Chung Song (22.Pak Kvang Xun, 70)
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 3.Hojiakbar Alijonov, 6.Akmal Mozgovoy, 9.Odil Hamrobekov, 13.Sherzod Nasrullayev, 10.Jaloliddin Masharipov (11.Azizbek Amonov, 80), 15.Umarbek Eshmurodov, 17.Bobur Abduxoliqov (20.Hojimat Erkinov, 64), 22.Abbosbek Fazullayev (19.Azizbek Turg‘unboyev, 79), 23.Husniddin Aliqulov.
Chetlatish: Umarbek Eshmurodov, 83.
Mavzuga oid
20:40 / 20.12.2024
Shimoliy Koreya hakerlari joriy yilda 1,3 mlrd dollarlik kriptovaluta o‘g‘irladi
17:58 / 20.12.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston milliy jamoasi 2024 yilni 58-o‘rinda yakunladi
23:50 / 29.11.2024
Rossiya «Tolibon»ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarmoqchi. Shoygu Kobulga bordi
21:06 / 28.11.2024