"16 yoshli" ayolning 1 yashar egizak farzandi. Erta nikohni targ‘ib qilganlar ogohlantirildi
Instagram'da o‘zlarini 19 yosh va 16 yosh deb tanishtirgan ota-ona 1 yashar egizak farzandlari borligi bilan maqtandi. Bu erta nikoh targ‘iboti hisoblanadi, ammo alohida normalar yo‘qligi ularni jazodan qutqarib qoldi.

Foto: Videodan kadr
Internetda 2005 yilda tug‘ilgan yigit va 2008 yilda tug‘ilgan qizning 1 yoshli egizak farzandlari borligi haqidagi videorolik tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatni o‘rgandi.
Video joriy yilning 21 noyabr kuni Toshkentda instabloger tomonidan tasvirga olingan va uning 1 milliondan ortiq obunachilari bor sahifasiga joylangan. Videoda insta-bloger yoshlarni 15 yoshda farzand ko‘rgan ota-ona deb talqin qilgan va “hali ham o‘tiribsizlarmi, uylaninglar tezroq" deb kuzatuvchilarni erta turmush qurishga chaqirgan.
Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan surishtirov olib bordi. “Ma’lum bo‘lishicha, rolikda o‘zini 2005 yilda tug‘ilganini aytgan yigit aslida 2003 yilda, 2008 yilda tug‘ilganini aytgan qiz esa 2005 yilda tug‘ilgan bo‘lib chiqdi. Holat tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olindi va ayni paytda rolik tarmoqlardan o‘chirildi. Yoshlari haqida kuzatuvchilarga noto‘g‘ri ma’lumot bergan er-xotin esa ogohlantirildi”, - deydi Kun.uz saytiga izoh bergan Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova.
Nega faqat ogohlantirish?
O‘zbekistonda nikoh yoshi 18 yosh etib belgilangan. Bu o‘rinda yosh er-xotinlar o‘zlarini 18 yoshga yetmaganliklari haqidagi noto‘g‘ri ma’lumot berish bilan bu noqonuniy harakatni targ‘ib qilishgan. Ammo O‘zbekiston qonunchiligida erta nikohni targ‘ib qilganlik uchun alohida normalar yo‘q. Shu bois, er-xotinlarga nisbatan faqat ogohlantirish chorasi qo‘llangan.
Erta nikohni targ‘ib qilish mavzusida rolik olib, millionlab auditoriyaga taqdim etgan insta-bloger ham ayni vaqtda jazosiz qoladi.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda erta nikoh targ‘iboti uchun ham javobgarlikni joriy qilish ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda bir yilda 22 ta erta nikoh holatlari aniqlanib, 41 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 55 ta erta nikoh holatlarining esa oldi olingan.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston Avtomobil Biznesi Uyushmasi (ABA): avtomobilsozlikni barqaror rivojlantirish uchun soha yetakchilarining birlashmasi
O‘zbekiston | 15:00
-
Dunyoning asosiy gastronomik shahri ma’lum qilindi
Jahon | 14:55
-
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi
O‘zbekiston | 13:31
-
Husiychilarning hujumi, Tramp va Putin muloqotiga tayyorgarlik va Ozodlik haykalini qaytarishni so‘ragan fransuz - kun dayjesti
Jahon | 13:16
Mavzuga oid

17:43 / 05.12.2024
Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan. Deputatlar 9 daqiqada bu xarajatlarni qonunga kiritib berdi

16:59 / 04.12.2024
Andijondagi mutasaddilarning harakatlariga baho berish uchun ogohlantiruv hujjati kiritildi - Bolalar ombudsmani

18:47 / 03.12.2024
Andijonda maktab o‘quvchilari “qizil toifa”ga ajratildi

20:40 / 28.11.2024