Noyabr oyining navbatdagi haftasidagi muhim voqealar röyxatidan Filadelfiya Fed işlab çiqariş indeksi va mavjud uy sotuvlari ma’lumotlari örin egalladi. Hududlardagi işlab çiqariş sektorining holatini aks ettiradigan Filadelfiya Fed işlab çiqariş indeksi ma’lumotlariga köra ahvol keskin yomonlaşgan. Çunki avvalgi oyning 10,3 punktli natijasi va kutilayotgan 7,4 punkt körsatkiçiga nisbatan, real natija -5,5 ni taşkil etgan. Mavjud uy sotuvlari tahlil qilinadigan bölsa, u yerda holat ança yaxşiroq ekanligini köriş mumkin. Oktyabr oyida uy sotuvi kutilganidan köproq bölgan.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 18 noyabrdan 22 noyabrgaça bölgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bölgan eng muhim voqealarni tahlil qilib çiqdi.  

AQŞ top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500 – 5969 (hafta boşidan +1,68 foiz, yil boşidan +25,15 foiz);
  • NASDAQ – 19003 (hafta boşidan +1,73 foiz, yil boşidan +26,6 foiz);
  • DJI – 44296 (hafta boşidan +1,96 foiz, yil boşidan +17,53 foiz).

NASDAQ, Dow Jones va S&P500 indekslari mos ravişda 354 punkt, 852 punkt va 99 punktga kötarildi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin – 2715 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan +5,97 foiz, yil boşidan +31,66 foiz;
  • Kumuş – 31,33 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan +3,61 foiz, yil boşidan +31,75 foiz.
  • Alyuminiy – tonnasi 2630 dollar (hafta boşidan -0,86 foiz; yil boşidan +10,14 foiz);
  • Mis – 4,08 dollar (hafta boşidan +0,68 foiz; yil boşidan +5,78 foiz).

Oltin, kumuş va mis hafta davomida mos ravişda 153 dollar, 1,09 dollar, 0,03 dollarga ösdi. Faqatgina alyuminiy 22,8 dollarga arzonlaşdi.

Neft

  • WTI – 71,12 dollar (hafta boşidan +6,31 foiz, yil boşidan -0,25 foiz);
  • BRENT – 75,05 dollar (hafta boşidan +5,7 foiz, yil boşidan -2,58 foiz).

Hafta davomida neftning WTI markasi 4,22 dollarga, BRENT esa 4,05 dollarga qimmatlaşdi.

Valutalar