Tramp dollarga muqobil valuta yaratmoqchi bo‘layotgan BRICS a’zolariga tahdid qildi
U bunday g‘oyadan voz kechmaydigan davlatlarni 100 foizlik boj tariflari bilan ogohlantirdi.
AQSh bo‘lajak prezidenti Donald Tramp agar BRICS davlatlari dollarga muqobil valuta yaratishga harakat qilsa, ularga 100 foizlik bojlar bilan tahdid qildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqda yozdi.
«Biz bir chetda qarab turganimizda BRICS mamlakatlari dollardan uzoqlashishga harakat qilayotgani haqidagi g‘oyaga barham berildi. Biz ushbu mamlakatlardan yangi BRICS valutasini yaratmaslik yoki qudratli AQSh dollari o‘rnini bosuvchi boshqa valutani qo‘llab-quvvatlamaslik majburiyatini talab qilamiz, aks holda ular 100 foizlik boj tariflariga duch keladi va Qo‘shma Shtatlarning ajoyib iqtisodiyotidagi sotuvlar bilan xayrlashadi», deb yozdi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro savdoda dollar o‘rniga boshqa valutani joriy qilmoqchi bo‘lgan har qanday davlat «Amerika bilan xayrlashishga majbur bo‘ladi».
Oktyabr oyida Qozonda bo‘lib o‘tgan sammitda BRICS a’zolari umumiy valutaga o‘tish imkoniyatlarini muhokama qildi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov. «Bu yopiq masaladir, ba’zi hamkasblarimiz bu masalalarni ochiq muhokama qilishda juda ehtiyotkor bo‘lishadi», dedi u.
BRICS mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar uchun yagona valuta yaratish g‘oyasi e’tiborga loyiq, ammo loyihani amalga oshirish qiyin, dedi Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina 2023 yil iyul oyida. «Bu ko‘plab tomonlarning roziligini talab qiladi, bu oson loyiha emas», dedi Nabiullina.
Hozir BRICS 10 ta davlatdan iborat: Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Saudiya Arabistoni, BAA, Misr, Eron va Efiopiya.
Mavzuga oid
11:24
Uyquning 46 daqiqa ko‘proq davom etishi inson salomatligini yaxshilaydi - tadqiqot
21:44 / 01.12.2024
AQSh yadro qurolini Ukrainaga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti
18:41 / 01.12.2024
AQSh Gurjiston bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
22:32 / 30.11.2024