Ruslan Nurudinov o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangilab, uch karra jahon chempioni bo‘ldi

Foto: MOQ
Bahraynda yakuniga yetib borayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi o‘z ishtirokini tugatdi. Yigitlarimizning chiqishiga Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinov ajoyib nuqta qo‘yib berdi.
-109 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz dast ko‘tarish mashqida 182 kg bilan beshinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa ham, siltab ko‘tarish dasturida yuksak mahorat ko‘rsatib, 242 kg bilan 3 yil avval Toshkentda o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangilashga erishdi.
Shu tariqa, uning umumiy hisobda qayd etgan 424 kg natijasini hech bir atlet yangilay olmadi va Nurudinov uchinchi bor ikki kurash bo‘yicha jahon chempionligiga erishdi.
Dast ko‘tarish yo‘nalishida oltin medalga ega chiqqan Sharofiddin Amriddinov siltab ko‘tarishda 212 kg bilan oltinchi, umumiy hisobda esa 396 kg bilan beshinchi bo‘ldi. Shundan bo‘lsa ham, barcha yo‘nalishlardagi oltin medallar O‘zbekiston terma jamoasi vakillariga nasib etdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu dunyo birinchiligida qo‘lga kiritgan medallari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronzaga yetdi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi
Jahon | 12:04
-
Avtomobil bozoridagi monopoliya: O‘zbekiston bitta xatoni ikkinchi marta takrorlaydimi?
O‘zbekiston | 11:55
-
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi
Jahon | 11:31
-
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 10:29
Mavzuga oid

17:24 / 16.12.2024
O‘zbekiston og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida to‘rtinchi bo‘ldi

20:31 / 20.03.2024
Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish choralari belgilandi

23:12 / 16.09.2023
Og‘ir atletika: Akbar Jo‘rayev jahon chempioni, Ruslan Nuriddinov ikkinchi bo‘ldi

19:07 / 12.05.2023