Mahkumlarga masofaviy videouchrashuv huquqi beriladi
Qonunchilik palatasining 17 dekabrdagi majlisida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning masofali videouchrashuvga bo‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.

Foto: O‘zA
Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish orqali ularni jamiyatdan uzilib qolmasligini ta’minlash, jazoni o‘tab chiqqanidan so‘ng jamiyatga qayta moslashishiga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat-ijroiya kodeksining tegishli moddalariga Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi barcha jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga masofadan videouchrashuv huquqini berish orqali o‘z yaqinlari bilan onlayn uchrashish imkoniyatini yaratishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bunda masofali videouchrashuv soni jazoni o‘tash tartibotiga qarab belgilanadi.
Loyihada manzil-koloniyalar hamda tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning yil mobaynida yigirma to‘rt marta masofali videouchrashuvlar olish huquqiga ega ekanligi belgilanmoqda.
Qonun tashabbuskorlarining fikricha loyihadagi mazkur o‘zgartirishlar jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning masofali videouchrashuv yo‘li bilan oila a’zolari va yaqinlari bilan doimiy aloqalarini ta’minlash va oilaviy munosabatlarini saqlab qolishga, shuningdek, tuzalish yo‘liga o‘tishiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi
Jahon | 23:45 / 28.06.2025
-
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi
Jamiyat | 23:10 / 28.06.2025
-
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:02 / 28.06.2025
-
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:00 / 28.06.2025
Mavzuga oid

17:38 / 05.06.2025
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi

20:57 / 26.03.2025
Bosh prokuratura Piskendagi koloniyada asossiz intizomiy jazoga tortilgan mahkum ishi bo‘yicha ma’lumot berdi

19:33 / 04.03.2025
Ohangaron shahar hokimi o‘rinbosari ishdan olindi. U qamoqdagi mahkumning uyini o‘zlashtirib olgani ma’lum bo‘lgandi

15:22 / 18.02.2025