Litva armiyasida Rossiya, Belarus va Xitoy fuqarolarining xizmat qilishi taqiqlandi
Litvada milliy xavfsizlikka tahdid uyg‘otadigan davlatlar fuqaroligiga ega shaxslarning harbiy xizmatni o‘tashi taqiqlandi. Agar harbiy xizmatchi Rossiya, Belarus va Xitoy fuqaroligini olsa, u xizmatdan bo‘shatiladi.
Litva Qurolli kuchlarida Rossiya, Belarus va Xitoy fuqaroligiga ega shaxslarning harbiy xizmatni o‘tashi taqiqlandi. Mamlakat Seymi (parlament) bu boradagi tegishli tuzatishni qabul qildi.
Qayd etilishicha, qonunga kiritiladigan mazkur o‘zgartirish uchun 100 nafardan ortiq deputat ovoz bergan.
Endi hukumat mamlakatga kirishni taqiqlagan davlatlarning fuqarolari professional harbiy xizmat, Ko‘ngilli kuchlar xizmati yoki doimiy bo‘lmagan boshqa turdagi harbiy xizmatlarga, shuningdek, majburiy harbiy xizmatga qabul qilinmaydi. Agar Qurolli kuchlarda xizmat qilayotgan shaxs yuqorida mamlakatlar fuqaroligini olsa, xizmatdan bo‘shatiladi.
Litva hukumati professional harbiylar mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid uyg‘otuvchi davlatlar, xususan, Rossiya, Belarus va Xitoyga xizmat yuzasidan tashqari tashrif buyurishlari mumkin emasligini tasdiqladi.
Shu kunga qadar Litva qonunchiligida qo‘shfuqarolikka ega shaxslarning Qurolli kuchlarda xizmat qilishi taqiqlanmagan edi.
Avvalroq Litva ham Estoniya hukumati ortidan Gurjiston rahbariyatiga qarshi sanksiyalarni kengaytirgandi. Bunga mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari kuch bilan bostirilayotgani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:23 / 10.12.2024
Litva konservatorlari partiyasi a’zosi RFga josuslikda gumonlanmoqda
23:41 / 03.12.2024
Yevropa Ittifoqining yana bir davlati majburiy harbiy xizmatni qayta tiklashi mumkin
11:53 / 28.11.2024
DHL samolyotining qulashi: Litva diversiya belgilarini ko‘rmayapti
15:29 / 25.11.2024