Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva yadro qurolini joylashtirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilmoqchi
Litva Konstitutsiyasining 137-moddasi ommaviy qirg‘in qurollarini joylashtirishni va Litva hududida xorijiy harbiy bazalarni tashkil etishni taqiqlaydi.
Litva prezidenti Gitanas Nauseda 2 iyul kuni o‘z davlatining siyosiy yetakchilari mamlakat hududida yadro qurolini joylashtirishga qo‘yilgan konstitutsiyaviy taqiqni bekor qilish zarurligi to‘g‘risida kelishuvga erishganini ma’lum qildi, deb xabar berdi CNBC News.
Nashrning ta’kidlashicha, bu qaror Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan yana bir NATO a’zosi - Finlyandiya qonunchilari yadro quroliga qo‘yilgan uzoq yillik taqiqni bekor etish uchun ovoz berganidan ko‘p o‘tmay qabul qilingan.
LRT davlat teleradiokompaniyasi xabariga ko‘ra, Nauseda jurnalistlarga Litva Konstitutsiyasining 137-moddasi eskirganini tushuntirdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, parlament va hukumat rahbarlari «deyarli bir ovozdan» bu siyosatni bekor qilishni qo‘llab-quvvatladilar.
Litva Konstitutsiyasining 137-moddasi ommaviy qirg‘in qurollarini joylashtirishni va Litva hududida xorijiy harbiy bazalarni tashkil etishni taqiqlagan.
«Geosiyosiy vaziyat yomonlashmoqda. Bizning konstitutsiyamiz geosiyosiy sharoitlar butunlay boshqacha bo‘lgan paytda yozilgan edi», dedi Nauseda.
Litva prezidenti so‘zlariga ko‘ra, ushbu qoidaning bekor qilinishi Vilnyus kelajakda xavfsizlik vaziyatidagi o‘zgarishlarga moslasha olishini anglatadi. Shu bilan birga, u hozir mamlakat hududida yadro qurolini joylashtirish rejalari yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
Maqolada ta’kidlanishicha, Rossiyaning Kaliningrad shahri bilan chegaradosh Litva Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Kiyev o‘rtasidagi to‘rt yildan ortiq davom etayotgan mojaro davomida Ukrainaning eng sodiq ittifoqchilaridan biri bo‘lib, sezilarli harbiy texnika va moliyaviy yordam ko‘rsatgan.
O‘tgan oy Financial Times muhokamalardan xabardor bo‘lgan uchta anonim manbaga tayanib, AQSh Yevropada yadro quroli olib yurishga qodir yangi harbiy obektlarni joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini xabar qildi.
Mavzuga oid
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
21:31 / 21.05.2026
Litva TIV rahbari NATO kuchlari Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy bazalarini «yer bilan bitta qila olishi»ni aytdi
12:23 / 24.03.2026
Litva Belarusdan dron uchib kelganini ma’lum qildi
15:45 / 23.03.2026