Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidenti hukumat ishini moliyalashtirishni uzaytiruvchi qonunni imzoladi
Oq uy matbuot xizmati Jo Bayden federal hukumat faoliyatini moliyalashtirishni davom ettirish to‘g‘risidagi qonunni imzolaganini ma’lum qildi.
AQSh prezidenti Jo Bayden federal hukumat faoliyatini moliyalashtirishni davom ettirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib, CNN xabar berdi.
Qonun AQSh hukumatini 2025 yil 14 martga qadar hozirgi darajada moliyalashtirishni saqlab qolishga imkon beradi. Shuningdek, u tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishga 100 milliard dollardan ziyod mablag‘ ajratilishini nazarda tutadi.
AQSh Kongressi Senati 21 dekabrga o‘tar kechasi hukumat faoliyatini moliyalashtirishni uzaytiruvchi qonun loyihasini yoqlab ovoz bergan. Hujjatni Kongress yuqori palatasining 85 a’zosi qo‘llab-quvvatlagan, 11 nafari qarshi chiqqan.
Federal idoralarni moliyalashtirish muddati uzaytirilmasa, AQSh hukumatida ishni to‘xtatish (shatdaun) xavfi yuzaga kelishi mumkin edi, ammo bunday bo‘lmadi.
Qonun loyihasida hukumat moliyalash muddatini uch oyga uzaytirish, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 110 milliard dollar va hukumat qarzining chegarasini 2027 yil yanvarigacha ikki yilga to‘xtatib turish ko‘zda tutilgandi. Qarz limitini bekor qilish saylangan prezident Donald Trampning talabi edi — bu unga saylov kampaniyasi davomida va’da qilingan soliq islohotini amalga oshirish, soliqlarni keskin qisqartirish imkonini beradi.
Hujjat Donald Tramp va milliarder Ilon Mask Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson demokratlar bilan erisha olgan avvalgi ikki partiyaviy kelishuvni tanqid qilganidan keyin Respublikachilar partiyasi tomonidan shoshilinch ravishda taklif qilingan.
Mavzuga oid
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
18:10 / 29.11.2025